26
jiddiy rol o‟ynaydi (aynan dengiz, sport va tog‟ turizm). Turizmda dam olish,
ko‟ngil ochish va muhit sharoitini almashtirishni hohlovchi yirik shaharlar aholisi
uchun tabiiy- iqlimiy motivlar psixologik va biologik talablar tusiga ega bo‟ladi,
shuning uchun ham ularning ahamiyati jiddiy oshadi
Madaniy motivlar – odamlarning turli xil yodgorliklar, muzeylar, badiiy
galereyalar, teatrlar va boshqa obyektlarni o‟z ichiga olgan o‟z mamlakatining
madaniy meroslarini bilish istaklari hisoblanadi. Etnografik diqqatga sazovor
hisoblanuvchi an‟analar, kiyimlar, taomlar va xalq ijodiyotinig boshqa ko‟rinishlar
o‟ziga xos qiziqishlarni tug‟diradi.
Iqtisodiy omillar guruhiga turistik sayohatlarning ijyimoiy - iqtisodiy
sharoitlari daxldordir. Bular tur mahsulotlar xaridorlarnig daromadlari, turlar
narxlari, turistlarni qabul qilib oladigan joylardagi mollar va xizmatlar, turistik
infratuzilmaning
rivojlanganlik
darajasi
hisoblanadi,
shuningdek
serviz
sohalarining, transport tizimi, savdo sohalarining rivojlanganlik darajasi, shu bilan
birga xorijiy turistlar uchun past narxlarda mollarni sotuvchi do‟konlarning
mavjudligi shular jumlasidandir. Iqtisodiy omillar arzon mollar assortimenitini
shakllantirishda birinchi darajadagi rolni o‟ynaydi va o‟rta daromadni turistlar
sonining ko‟payishiga ta‟sir ko‟rsatadi.
Psixologik omillar turistlarning psixologik talablariga muvofiq, ularni sayohat
qilishga undaydigan motivlarni o‟z ichiga oladi. Ularga odamlarning diniy
e‟tiqodi, uning o‟ziga xos ehtiyojlari va moilliklari, reklamaga bo‟lgan
munosabatlari va boshqalar daxldordir.
Tahlil shuni ko‟rsatmoqda-ki iqtisodiy va sentimental motivlar mavjudligini
mustasno qilgan holda, faqat ko‟p bo‟lmagan turistlargina avval kelgan joylariga
keladilar. Daromadning oshishi bilan odam yangi turistik yo‟nalishni tanlashda
psixologik motivlarga o‟z diqqatini qaratadi. Agar turistlarni sayohat qilishga
undaydigan motivlarni ko‟rib chiqsak, maqsadlar yetarli darajada ko‟p bo‟lishi
mumkin. Biroq bir narsani tushunish lozimki, barcha sayohatlarda (faqat shu shart
bilan uni turistik sayohat deb atash mumkin) bitta asosiy maqsad mavjud. Bu
maqsad tuirist uchun ustuvor bo‟lib va aynan unga erishish (yoki erishmaslik)
27
butun turistik sayohat samaradorligiga nisbatan qaror qabul qilish uchun asos
hisoblanadi. Aynan bitta asosiy, ustuvor maqsadning mavjudligi turizmni
sayohatga nisbatan faoliyatning o‟ziga xos turi sifatida xarakterlaydi.
Quyidagi sanab o‟tilgan sayohat qilish motivlardan tashqari, o‟ziga xos boshqa
motivlar mavjud. Turistlarning o‟zi boshqaradigan, aniq turistik regionga sayohat
qilish motivlarini tushinish turistik mahsulotlar va xizmatlarni muvafaqiyatli
o‟sishi motivlarini tushunishga bog‟liqdir. Sayohat qilishni tug‟diruvchi motivlarni
bilish, samarali turistik siyosat va turizm iqtisodiyotning o‟sishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: