Xulosalar va takliflar
Turizm sohasi jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi bo„lib,
mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat
kasb etishini va u XXI asr jahon xo„jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri
ekanligini alohida ta‟kidlash lozim.
Turizm insoniyat tamaddunining mahsuli. Ushbu tushuncha o‟zining nazariy va
amaliy talqiniga ega. Shu tufayli uni atroflicha izohlash uchun unga odamlarning
harakati, iqtisodiy kategoriya, siyosiy vaziyat, faol dam olish kabi jihatlardan
qarash va izohlanishni talab qiladi.
Men “Turistlarning sayohat maqsadlari” mavzusini yoritish jarayonida
turizmning maqsadlariga alohida ahamiyat qaratdim. Chunki, maqsadsiz turizm
bo`lmaydi. Uni o`rganish muhim masala hisoblanadi. Har bir sayohat yoki tur
zamirida unga sabab bo`luvchi asosiy maqsad yotadi, unga ko`ra bu sayohatdan
turizmning biror turiga mansubligi aniqlanadi, turist va uning turi statistikaning u
yoki bu turiga kiritiladi, unga turli xil imtiyozlar beriladi.
Keyingi “Turizmning turlari va ko‟rinishlari”mavzusida esa turizm turlari va
uning turli ko`rinishlari bayon qilinib, unda turizm shakllari, safar maqsadi,
harakatlanish usuli, turistilarni joylashtiruv vositalari, ishtirokchilar soni bo„yicha
va boshqa tasniflar haqida fikr yuritilgan. Hamda yurtimiz mutaxassislari
tomonidan ushbu mavzu bo‟yicha ilmiy qarashlari yoritib o‟tilgan.
Sayohat qilishni tug‟diruvchi motivlarni bilish, samarali turistik siyosat va
turizm iqtisodiyotning o‟sishiga yordam beradi. Men ”Sayohatga bo'lgan
ehtiyojni tug'diruvchi omillar” mavzusida sayohat qilish motivlari - turistik
maqsadida ma‟lum joylarga kelishga undaydigan va ularning xohishlarini
qondiradigan psixologik va jismoniy talablar va boshqa o‟ziga xos motivlar haqida
chuqurroq to‟xtalib o‟tishga harakat qilganman.
Bilamizki Turizm kelajagi porloq va juda qiziqarli sohalardan biri bo‟lib, unda
doimiy ravishda o‟zgarishlar va yangilanishlar bo‟lib turadi. “Turizmning
zamonaviy turlari” mavzusida bu sohadagi zamonaviy turizm turlari va ular
haqida chuqurroq ma‟lumot berishga harakat qilganman.
50
O„zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega. Mamlakatimizdagi noyob
tarixiy yodgorliklar, ziyoratgohlar, xushmanzara tabiat va fayzli go„shalar,
xalqimizning betakror madaniyati, an‟analari butun dunyodan sayyohlarni o„ziga
rom etmoqda. Men ”O‟zbekistonda mavjud sayohat turlari va turistlarning sayohat
maqsadlari” mavzusida yurtimizdagi mavjud turizm turlari, tashrif buyurgan
turistlar va ularning sayohatdan asosiy maqsadlari haqida kengroq fikr
yuritganman.
Shuni alohida ta‟kidlash joizki, turizmni taraqqiy ettirish, sayyohlar oqimini
ko„paytirishda zamonaviy turizm turlarini yaratish, yuqori sifatdagi xizmatni taklif
etish muhim omillardan biri hisoblanadi. “O‟zbekistonda sayohatning yangi
turlarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida men ekologik turizm, agroturizm,
muzey turizmi, tibbiy turizm va turizmning maxsus turlari, yurtimizda ushbu
sohada qilinayotgan istiqbolli ishlar borasida ma‟lumot berishga harakat
qilganman.
O„zbekiston turizm sohasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalarga ega.
Buyuk Ipak yo„li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy
tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni
rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega. O‟ylaymanki, yaqin kelajakda
Yurtimiz ham turizm olamida ulkan yutuqlarga erishib, rivojlangan davlatlar
qatoridan shak – shubhasiz o‟rin oladi.
|