1.
Axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar (qonun). 2.
MaTumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish, saqlash, uzatish va ulardan foydalanish jarayonida hisoblash texnikasidan foydalanish yo‘llari, usullari va uslublari. 3.
Hujjatlashtirilgan axborot, jumladan dasturiy vositalarga ishlov berishning jami uslublari, yo‘llari , usullari va vositalari hamda ulardan foydalanishning belgilangan tartibi. 4.
Inson faoliyatining turli sohalarida axborot mahsulotini ishlab chiqarishda axborot jarayonlarini amalga oshirishning jami usullari. 5.
Insonlar tomonidan axborotni yig‘ish, saqlash, ishlov berish va tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlari. AXBOROT
MIQDORINING
BIRLIGI
UNIT OF
INFORMATION
QUANTITY
ЕДИНИЦА
КОЛИЧЕСТВА
ИНФОРМАЦИИ
Ikkilik sanoq tizimida, axborotning eng kichik birligi bo‘lib bit hisoblanadi. Bir bit bu bitta “1” yoki bitta “0” degani, signal impulsi borligi уо yo‘qligi bilan aks etadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Ko‘pincha, bayt sakkiz bitga teng deb qabul qilinadi. BAYT
BYTE
БАЙТ
Sakkiz bitga teng bo‘lgan axborot miqdorining asosiy o‘chov birligi. Keng ishlatiladigan qisqartirishlar: Kilobayt (Kb) = 2 10 bayt, Megabayt (Mb) = 2 20 bayt, Gigabayt (Gb) = 2 30 bayt, Terabayt (Tb) = 2 40 bayt, Petabayt (Pb) = 2 50 bayt, Ekzabayt (Eb) = 2 60 bayt, Zettabayt (Zb) = 2 /0 bayt, Yottabayt (Yb) = 2 80 bayt. BIT
BIT
Axborot tizimlarida axborotni ifodalashning eng kichik birligi. Axborot miqdorining eng kichik o‘chov birligi hisoblanadi. Axborot 0 va 1 sonlarining ketma-ketligi bilan ifodalanadi. Atama “binary digit” (ikkilik raqam) iborasining qisqartmasi
106
БИТ
bo‘lib hisoblanadi va Princeton universiteti professori Hohn W. Tukey tomonidan kiritilgan. BOD
BAUD
БОД
Ma‘umotlarni uzatish tezligining o‘lchov birligi. U bir sekundda uzatilgan ramzlar soni bilan aniqlanadi. Axborotni ikkilik kodida uzatadigan kanallar uchun 1 bod 1 bit/sekundga teng. Hozirgi zamonda bu tushuncha ishlatilmaydi. VEKTOR
GRAFIKASI
VECTOR
GRAPHICS
ВЕКТОРНАЯ
ГРАФИКА
Chiziqlar joylashishi, uzunligi va yo‘nalishini belgilovchi matematik tavsiflar bo‘yicha yaratiladigan rasmlar. Vektor rasmlari nuqta yoki piksellar to‘plamidan bo‘lmay, chiziqlar oilasidan iborat. GRAFIK
INTERFEYS
GRAPHIC
INTERFACE
ГРАФИЧЕСКИЙ
ИНТЕРФЕЙС
Foydalanuvchini hisoblash tizimi bilan o‘zaro aloqasini tashkil