О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti X. X. Muratov, R. N. Zulfiyev, A. A. Maxmudov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/60
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194330
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60
(linked image).
CorelDrawning standart obyektlari ham mavjud, ular orasida murakkablari 
ham birqanchadir. CorelDrawda matnlar bilan ishlash matn redaktorlariga teng 
keladi desa bo’ladi. Bir qancha afzalliklar matnli hamda rasmli tasvirlar yaratish 
imkonini beradi. CorelDrawda har xil tasvirlar, ya’ni clipartlar mavjudligi tufayli 
foydalanuvchi osonlikcha ulardan foydalanib, matnlar bilan bezab, tayyor 
illyustratsiyalar yaratish mumkin. CorelDrawning ishlash prinsiplari quyidagilardan 
iborat: 
* Matn kiritish va formatlash;
* Geometrik figuralar yoki egrilar, ochiq va yopiq shakllar tuzish;
* Har qanday obyektni sozlash, unga tus berish, shaklini o’zgartirish; Tayyor 
tasvir yoki oldin yaratilgan illyustratsiya kiritish;
* Tasviriy effektlar berish;
* Obyektlarni to’g’ri joylashtirish.


31 
25-rasm. Effektlar. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. CorelDraw 2018 dasturining umumiy tuzilishi.
2. Dastur ishga tushirilgandan keyingi ishlar. 
 3. Xotirada bir nechta usullarda saqlash yo’llari. 
 4. Menyuning Файл (File) va Импортировать (Import...) buyrug’i.
5. CorelDRAW dasturida import qilingan tasvirlarni o’zgartirish.
6. Импортировать (Import) ro’yxatidan foydalanish. 
 
Kontur chiziqlar chizish. Tekis ikki o‘lchamli shakllar chizish usullari. 
CorelDRAW dasturida uskunalar panelida kontur chiziqlar chizishning bir 
necha turlari mavjud. 
 
Указатель
(Pick) uskunasi dasturning asosiy asboblaridan biri bo’lib, 
uskunalar panelining birinchi elementidir. Bu uskuna tanlanganda sichqoncha 
ko’rsatkichi qora strelka ko’rinishiga o’tadi. Bu uskunaning asosiy funksiyasi obyektni 
belgilash va siljitishdir (26-rasm).
26-rasm. Указатель 


32 
Obyektlarni belgilashning ikki usuli mavjud. Obyekt ustiga sichqoncha chap 
tugmasini bosish yoki ular ustida belgilash chegarasini tortish. Birinchi holatda bir 
nechta obyektlarni belgilash uchun 
Shift
tugmasini bosib turish kerak. Agar 
belgilangan obyekt ustida 
Shift
tugmasini bosilgan holda yana sichqoncha tugmasi 
bosilsa bu obyektning belgilanishi bekor qilinadi. Guruh tarkibiga kiruvchi obyekt 
ustida Ctrl tugmasini bosib turib sichqoncha tugmasi bosilsa, elementni bu guruhini 
buzmasdan belgilash mumkin bo’ladi. 
Belgilangan obyekt yoki obyektlar guruhi atrofida qora rangdagi markerlar 
ko’rinadi. Belgilangan obyekt geometrik markazi maxsus belgi bilan ifodalanadi (27-
rasm). 
 
 
27-rasm. Obyekt atrofidagi qora rangdagi markerlar 
 
 
Agar bu markerlarni sichqoncha chap tugmasini bosib tortisa obyekt 
kattalashadi yoki kichiklashadi. Burchakdagi markerlar obyekt o’lchamlarini uning 
proporsiyalarini saqlagan holda o’zgartirsa, yon tomondagi markerlar uning 
kengligini, past va yuqoridagilari uning balandligini o’zgartirish imkoniyatini beradi.


33 
 
Ayni vaqtda belgilangan obyekt va obyektlar ustida sichqoncha chap tugmasi 
bosilsa, bu obyekt markerlari ko’rinishi quyidagicha o’zgaradi (28-rasm). 
 
28-rasm. O’zgargan markerlar yordamidagi figurani burish va egish 
 
 
Vektorli egri chiziqlar shaklini o’zgartirish uchun qo’llash mumkin bo’lgan 
uskunalardan iborat bo’lgan guruh 
(Изменение формы)

Форма (Shape) uskunasi alohida tugunlar va segmentlarni o’zgartirish 
yo’li 
bilan 
figuralar 
shaklini 
o’zgartirish 
imkoniyatini 
beradi. 
Bunday 
figuralartugunlar va ularni tutashtiruvchi segmentlardan tashkil topadi. Bu uskuna 
tanlanganda obyektlarda paydo bo’ladigan tugunlar, markerlar yordamida ularning 
shakllarini o’zgartirish mumkin. Shuningdek bu uskuna obyektlarga tugunlar qo’shish 
va ularni o’chirish imkoniyatini beradi. Tugun qo’shish uchun figura segmenti 
(Chizig’i) ustida sichqoncha tugmasi bosiladi va bunda nuqta paydo bo’ladi. 
Klaviaturadan “
+
” klavishi yordamida bu nuqtani tugunga almashtirish mumkin. 
Tugunni o’chirish uchun uni tanlab 
Delete 
yoki “
–“ 
tugmalari bosiladi (29-30 
rasmlar). 
Bu asbob tanlanganda murakkabroq amallarni bajarish uchun obyektlar ustida 


34 
o’ng tugma yordamida o’qiladigan kontekstli menyudan foydalanish mumkin. 
 
29-rasm. Forma uskunasi yordmida qo’shimcha nuqta hosil qilish yoki mavjudlarini olib tashlash 
 
30-rasm. Forma uskunasi yordamida qo’shimcha qirra hosil qilish 


35 
Сглаживание
(Silliqlash) uskunasi orqali chizilgan tekis shakllar 
qirralarini silliqlash mumkin. Bunda tekis shakllar tanlanib silliqlash uskunasidan 
foydalanib tekis shakllarning qirrasiga ustiga sichqoncha tugmasini bosgan holatda 
sichqoncha qirra ichi tomoniga harakatlantirib keyin qoyib yuborilsa, qirra 
silliqlanadi (31-rasm). 
31-rasm. Сглаживание
Мастихин 
(Paletli pichoq)
Obyektning chetlarini kontur bo’ylab sudrab 
o’zgartirish (32 rasm).
32-rasm. Мастихин


36 
 
Воронка
(O’rama) Obyekt konturi bo’ylab sichqonchani bosib sudrab 
aylanish effektlarini qo’shish (33-rasm). 
33-rasm. Воронка 
 
 
Притягивание и Отталкивание
(Bo’rttirish va Jozibadorlik)
Tugunlarni aktiv holatda obyektlarni qayta shakllantirish, shakllarini o’zgartirish (34-
rasm). 
 
34-rasm. Притягивание и Отталкивание 


37 
 
Размазывающая кисть 
(Smudge Brush)uskunasi yuqoridagi uskuna 
kabidir. bu asbob yordamida tashqaridan figura ichiga tortilsa figura shakli 
“eziladi”, ichkaridan tashqariga tortilsa “bo’rtadi” (35-rasm). 
 
35-rasm. Размазывающая кисть 
Грубая кисть 
(Qo’pol mo’yqlam)
Kontur bo’ylab sudrab, obyektning 
chetini buzib ko’rsatish (36-rasm). 
 
36-rasm. Грубая кисть 


38 
Yuqoridagi barcha amallar CorelDRAW dasturi uskunalar panelining quyidagi rasmidagi 
(shaklarni o’zgartirish, tahrirlash) uskunlardan foydalanib bajarildi (37-rasm). 
 
37-rasm. Shaklni o’zgartirish uskunalari 
 
Масштаб
(Masshtab) Obyektlrni kattalashtirish yoki kichraytirib ko’rish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin