(Open...) buyrug’i boshqa muharrirlar
yordamida yaratilgan hujjatlarni ochadi, bu yerda fayllar vektor formatli ya’ni masalan, EPS standart formatli bo’lishi kerak. Yuqoridagi buyruq bajarilgandan keyin ekranda Открыть рисунок (Open Drawing) muloqot oynasi chiqadi, bu yerda faylni qaysi jild va qaysi faylda ekanligini ko’rsatish kerak. Bu yerda Просмотр (Preview)dagi bayroqchani belgilash natijasida fayllar ichidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi. Agarda faylni o’qish mumkin bo’lmasa yoki boshqa sabablarga bog’lab o’qilmasa, ko’rish oynasida krest belgisi chiqariladi. Ko’rish maydoni tagidan fayl haqida ma’lumotlar chiqariladi: • Версия документа (File Version) satrida hujjat xotirasida saqlangan dasturning versiyasi beriladi; • Степень сжатия (Compression ratio) satri faylning siqilish foizini ko’rsatadi (vektor formati ixcham, o’lchami kichik bo’ladi, shunga qaramasdan dastur faylni avtomatik tarzda siqadi);
29
• Сохранен (Last saved by) satri dasturni versiyasi (platformasi) va uning relesi (masalan, build 337) haqida ma’lumot beradi. • Ключевые слова (Keywords) va Примечания (Notes) foydalanuvchiga kerakli faylni (agarda berilgan ma’lumot faylni saqlagan paytda kiritilgan bo’lsa) tez qidirib topib berishda yordam beradi. • Сохранить слои и страницы (Maintain layers and pages) bayroqchasi hujjatdagi qatlamlar, sahifalar haqida konvertatsiya qilishni ta’minlaydi, CDR dan boshqa formatda bo’ladi. Menyuning Файл (File) va Импортировать (Import...) buyrug’i CorelDRAW dasturining ochilgan joriy hujjatdagi hujjatni import qilishni ta’minlaydi va u ikkita usul bilan bajariladi: • Fayllar orasida bog’lanish saqlanadi. • Fayllar orasida bog’lanish saqlanmaydi. Импортировать (Import) muloqot oynasining Открыть рисунок (Open Drawing) oynasidan farqi qo’shimcha funksiyalari va mumkin bo’lgan fayllar ro’yxati katta bo’ladi. Размер изображения (Image size) satrida rastrli tasvirlarni import qilganda pikseldagi o’lchov birligi va ranglarning to’qligi bitlarda beriladi. Pastdagi qatorlarda fayl formati va uning o’zgachaligi, masalan, siqish texnologiyasidan foydalanish va hokazo. Agarda fayl formati eskilarini saqlaydigan bo’lsa, uning matnini, Примечания (Notes) maydonidan kiritamiz. CorelDRAW dasturida import qilingan tasvirlarni o’zgartirish uchun amallar bajarilgandan keyin ekranga boshqacha kursor chiqariladi. Shu kursor yordamida tasvirni hujjatning xoxlagan joyiga joylashtirishgan bo’ladi. Bu obyekt ustida masshtablashni ham bajarsa bo’ladi. Agarda proporsional masshtablamoqchi bo’lsak, u holda kursor bilan sohani chizib ko’rsatish kerak. Agar tugmasi bilan masshtablashtirilsa proporsional bo’lmaydi. Agarda masshtablash aniqlikni talab qilsa, u holda muloqot oynasidagi Импортировать (Import) ro’yxatidan foydalanishga to’g’ri keladi. Ro’yxatda uchta variant mavjud:
30
1. Полное изображение (Full Image) tasvir hech qanday o’zgarishsiz import qilinadi. 2. Изменение параметров изображения (Resample) — ekranga muloqot oyna chiqariladi, bu oynaning o’lchamini va import qilinayotgan obyekt imkoniyati (oynaning pastki qismi o’zgartiriladi va avvalgi fayllar o’lchamlari baytlarda beriladi). 3. Кадрирование изображения (Crop) — ekranga muloqot oyna chiqariladi, oynada qo’l yordamida yoki mos bo’lgan qiymatlarni o’zgartirish bilan Сверху (Top), Слева (Left), Ширина (Width), Высота (Height) import qilinadigan yuzani chegaralash mumkin. Импортировать (Import) muloqot oynasidagi Связь с внешним изображением (Link bitmap externally) bayroqchaning qo’yilishi import qilishning o’zgacha rejimi bo’ladi, ya’ni tasvirlar bir-biri bilan bog’langan bo’ladi