Shaffoflik effekti Interactive Transparensy (shaffoflikni interaktiv tuzish) instrumenti tugmasi grafika panelidagi interaktiv instrumentlar panelida joylashgan. Bu instrument grafik obyektga shaffoflik effektini berib, yarimtonli rastrli tasvir hosilqiladi. Yarimtonli rastrli maskada oqdan to qoragacha bo‘lgan diapazonda tekis taqsimlangan kulrangning 256 ta gradatsiyasini hosil qilish mumkin. CorelDraw dasturida qatlamlar (sloy) bilan ishlash Har safar biz rasmga biron bir obyektni qo‘shsak, u oldini planda joylashadi. Arrange / Order (montaj/tartib) komandasi obyektlarni tanlab, aralashtirib, uni hujjatning turli qismiga joylashtirishi mumkin. Order (tartib) komandasini tanlaganimizdan keyin obyektlarning joylashish tartibini o‘zgartirib beruvchi 7 ta turli-tuman komandalardan iborat bo‘lgan menyu ochiladi.
89
•
To Front (oldingi planga). Bu komanda yordamida ajratilgan obyekt va obyektlarni rasmdagi barcha obyektlarning ustiga joylashtirib beradi. Bu komandadan rasmdagi obyektlarning tartibini o‘zgartirish uchun foydalaniladi. •
To Back (orqa planga). Komanda ajratilgan obyekt yoki obyektlarni rasmdagi barcha obyektlarning ostiga joylashtirib beradi. •
Forward One (oldinga) komanda ajratilgan obyekt yoki obyektlarni bir qadam orqaga joylashtirib beradi. •
Back One (orqaga) komanda ajratilgan obyekt yoki obyektlarni bir qadam orqaga joylashtirib beradi. •
In Front of (Obektning oldiga) komanda ajratilgan obyekt yoki obyektlarni rasmning berilgan obyekti oldiga joylashtirib beradi. •