O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ChIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Biologiyani o‘qitish texnologiyalari
va loyihalash”
fani bo‘yicha mustaqil ta’limni tashkil
etish bo‘yicha uslubiy va metodik
ko‘rsatmalar
Chirchiq – 2022 yil
Ushbu metodik tavsiyanoma Tabiiy fanlar fakulteti Genetika va evolyutsion biologiya kafedrasining 2022 yil “____” dekabrda o‘tkazilgan ___-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va ma’qullangan.
Tuzuvchi: X.O.Bektayeva
FAN BO‘YICHA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA BAHOLASH
Biologiya o’qitish texnologiyalari va loyhalash fani barcha oliy ta’lim muassasalarining biologiya ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi, kechki, sirtqi bakalavriat ta’lim shakllarida majburiy o‘qitiladigan fanlardan biri hisoblanib, unda boʻlgʻusi biologiya oʻqituvchilarning kasbiy tayyorgarligiga zamin tayyorlaydigan biologiya oʻqitish metodikasi kursining rivojlanishi tarixi, ob’ekti, metodlari, ahamiyati, asosiy prinsiplari va qonuniyatlari, dolzarb muammolari, biologiyani oʻqitish texnologiyalari va loyhalashning mazmuni, metodlari, vositalari, shakllari shuningdek, xususiy metodikaning oʻziga xos xususiyatlari, biologiyani oʻqitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, oʻquvchilar ongi va qalbiga milliy gʻoyani singdirish masalalarini o‘rganadi. Fan uchun ajratilgan umumiy soat kunduzgi ta’lim shakli uchun 2022 yil 30 avgustda tasdiqlangan o‘quv reja bo‘yicha 158 soatni tashkil etib, undan 90 (12 soat ma’ruza, 20 soat amaliy) soati auditoriya (20%) qolgan 126 soati esa mustaqil ta’lim sifatida ajratilgan. Umumiy fan yuzasidan talablar o‘zlashtirish shart bo‘lgan mavzular quyidagi jadvalda keltilgan (1-jadval).
1-jadval
Biologiya o’qitish texnologiyalari va loyhalsh fanidan talabalar o‘zlashtirish majburiy bo‘lgan mavzular
Dostları ilə paylaş: |