Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning
maqsadi va vazifalari. Talabalaming mustaqil ta’limni tashkil etishdan asosiy maqsad fan bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlami mustahkamlash, boyitish, amaliy ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish, axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, kognitiv, kreativ, hamkorlikda ishlash kompetensiyalarini tarkib toptirishdan iboratdir.
Zamonaviy ta’limning eng takomillashgan shakli sanaladi. o‘quv mashg‘ulotlari shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari va talabaning mustaqil o‘qib o‘rganishiga asoslanadi.
Talabalar mustaqil ishining ikki turi ajratiladi:
- auditoriyada – bu bevosita o‘qituvchi rahbarligida bajariladigan mustaqil ishlar;
- auditoriyadan tashqari – o‘qituvchi tomonidan berilgan, lekin uni ishtirokisiz talaba tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar. Talabalarning auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ishlari mazmuni o‘quv fani ishchi dasturida ko‘rsatilgan, tavsiya etilayotgan o‘quv topshiriqlari asosida belgilanadi. Talaba va o‘qituvchilarda ushbu umumiy o‘qish yuklamasining aynan qancha qismi dars, auditoriya soatlariga to‘g‘ri keladi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Kredit-modul qoidalari bu masala bo‘yicha aniq talab yoki chegara belgilamagan. Bunga ko‘p sabablarni keltirish mumkin. Masalan, ta’lim jarayonlari yoki modul har doim ham o‘z tarkibiga auditoriya soatlarini qamrab olavermaydi. Bunga misol qilib o‘quv dasturidagi bitiruv amaliyoti, diplom ishi va shu kabi o‘qish elementlari va modullarni keltirishimiz mumkin.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish,bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi”, deyilgan.
Mustaqil ta`lim topshiriqlari mazkur kurs mazmunini toʻliq qamrab olish maqsadida tayyorlangan boʻlib, nazariy egallangan bilimlarni kengaytirish, talabalarning mustaqil oʻqish faoliyatini yoʻlga qoʻyishga asoslangan.
Mustaqil topshiriqlari talabaning oʻquv yuklamasining tarkibiy qismiga kirib, unda talaba tomonidan minimal (104 soat ) hajmda toʻplanishi lozim. Mazkur kursdagi modullar yuzasidan topshiriqlar amaliy xarakterda boʻlib talaba tomonidan mustaqil oʻzlashtirilishi va topshirilishi shart.