2. TAJRIBA QURILMASINING TUZILISHI VA ISHLASHI
Qurilma “quvurning ichida quvur” shaklidagi issiqlik almashinuv apparatidan iboratdir. Kichik diametrli quvur ichida bir issiqlik tashuvchi, katta diametrli quvur ichida ikkinchi issiqlik tashuvchi harakat qiladi.
Issiqlik tashuvchilarning harakatini to‘g‘ri oqimli yoki teskari oqimli qilib o‘zgartirish mumkin. Bu o‘zgartirish yo‘naltiruvchi ventil orqali amalga oshiriladi. Issiq suv esa, “Kama” turidagi nasos orqali uzatiladi.
Issiqlik almashinuv apparatining kirishdagi va chiqishdagi temperaturalari termometrlar orqali aniqlanadi.
3. ISHNING BAJARISH TARTIBI
Tajriba qurilmasining ishlashi bilan tanishilgandan so‘ng, termostat tarmoqqa ulanadi.
O‘qituvchi ko‘rsatmasiga binoan to‘g‘ri oqimli yoki teskari oqimli harakat tanlanadi.
Termostat ishlagandan so‘ng, ma’lum temperatura rejimi (70-80 oC) tanlanadi.
Termostat nasosini ishlatib, issiq suvni issiqlik almashinuv apparatiga yuboriladi va suv sarfini o‘lchash asbobidan suv sarfi M ni yozib olinadi.
10-15 minutdan so‘ng, “Kama” nasosi orqali sovuq suv qurilmaga yuboriladi.
10-15 minutdan so‘ng, issiqlik tashuvchilar temperaturasi aniqlanadi.
Yuqoridagilarni o‘qituvchi ko‘rsatgan boshqa temperaturalar uchun takrorlash kerak.
4. TAJRIBA NATIJALARINI hisobI
Isitiladigan suvning sarfini hisoblash:
(7)
Shtangentsirkul va lineyka yordamida issiqlik almashinuv apparati quvurlarining ichki diametri va uzunligi o‘lchanadi.
Issiqlik almashinuv yuzasi quyidagi formuladan aniqlanadi:
F=W.L.d; m2. (8)
Bu yerda W – quvurlar soni;
L – quvurlar uzunligi, m;
d – quvurning ichki diametri, m.
Har bir temperatura rejimi uchun issiqlik uzatish koeffitsiyenti aniqlanadi:
(9)
(10)
Cp1=4,197 kJ/kg.grad
to‘rt quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(11)
2-jadval. Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi Cp1 ni temperaturaga bog‘liqligi.
t,oC
|
Cp1, kkal/kggrad
|
t,oC
|
Cp1, kkal/kggrad
|
0
|
1,0073
|
60
|
0,88836
|
10
|
1,00122
|
70
|
1,00060
|
20
|
0,9979
|
80
|
1,00222
|
30
|
0,99795
|
90
|
1,00430
|
40
|
0,99797
|
100
|
1,00636
|
50
|
0,99847
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |