O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti Iqtisodiyot yo‘nalishi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/11
tarix13.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#143148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
математика тайёри 2 (2)

Mustaqil ishning dolzarbligi. Diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar taqsimotlarini berishning universal usuli ularning taqsimot funksiyalarini berishdir. Ma’lum bir shartlarga amal qilgan holda biz X tasodifiy miqdorning qaysi qanday qonun bo’yicha taqsimlanganligini bilishimiz, hamda uni osongina matematik kutilmasini va dispersiyasini topa olamiz. Shuni inobatga olgan holda mavzuning dolzarbligi kelib chiqadi.
Mustaqil ishning obyekti va predmeti. Mustaqil ishining obyekti va predmeti bu tasodifiy miqdor, uzluksiz tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalari, xarakteristik funksiyalar va uning xossalari haqida ma’lumotlar. Ulardan foydalanish jarayonida turli xil ta’rif, tushuncha va misollardan foydalaniladi. Mustaqil ishini tayyorlash jarayonida sonli xarakteristika va uning tadbiqlari o’rganilib, ularga doir misollar tahlil qilinadi.
Mustaqil ishning maqsad va vazifalari.

  1. Diskret tasodifiy miqdorning sonly xarakteristikalarini o’rganish,

  2. Uzluksiz tasodifiy miqdorlarning sonly xarakteristikalarini o’rganish,

  3. Ikki o’lchovli tasodifiy miqdorning taqsimot funksiyasi va uning xossalarini o’rganish;

  4. Xarakteristik funksiya va uning xossalarini o’rganish.

Mustaqil ishning yangiligi va amaliy ahamiyati. Mustaqil ishi referativ-uslubiy xarakterga ega bo’lgani uchun ilmiy yangilik qilinmagan. Mavzuga oid bir nechta adabiyotlardan ma’lumotlarni to’plash tahlil qilish va misollarga tatbiq qilishdan iborat.
Mustaqil ishning uslubiyati. Mustaqil ishi nazariy xarakterga ega bo’lib, olingan natijalar boshqa adabiyotlar bilan taqqoslanib mavzuga oid misollarni yechishda sodda usullar keltirilgan.
I.BOB
SONLI XARAKTEISTIKALAR
1.1 Diskret tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalari
Koʻp masalalarni hal etishda matematik kutilishni bilish kifoya. Masalan, agar birinchi mergan, urgan ochkolarning matematik kutilishi ikkinchi mergan urgan ochkolarning matematik kutilishidan kattaligi maʼlum boʻlsa, u holda birinchi mergan oʻrtacha hisobda ikkinchisiga qaraganda koʻproq ochko uradi, va demak, u ikkinchi mergandan yaxshiroq otadi.
Matematik kutilish tasodifiy miqdor haqida uning taqsimot qonuniga qaraganda ancha kam maʼlumot bersa-da, keltirilgan masalaga oʻxshash masalalar va boshqacha koʻp masalalarni hal etishda matematik kutilishni bitish kifoya qilar ekan.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin