43
o’qli qilib tayyorlanadi. O’qlar soni o’qqa
tushayotgan ruxsat etilgan
yuklanish bo’yicha aniqlanadi. Bu yuklanish 250 – 300 kN oralig’ida
bo’lishi mumkin.
Elektroenergiya bilan ta’minlanganlik usuli bo’yicha elektrovozlar
ikki asosiy guruhga bo’linadi: kontaktli va aralash oziqlangan (kontakt-
akkumulyatorli, kontakt-dizelli va akkumulyatorli).
Kontaktli elektrovozlar
elektr energiyani doimiy va o’zgaruvchan
kontakt tarmog’idan oladi, shuning uchun
kontaktli elektrovozlar
quvvati energiya manbai quvvati bilan chegaralan-maydi. SHu bilan
birgalikda kontaktli elektrovozlar boshqa
elektrovozlarga nisbatan
kichik solishtirma quvvatga ega. Bunda elektrovoz joyidan siljituvchi
katta tezlanishga va yuqori harakat tezligiga ega bo’ladi.
Bunday
elektrovozlar 40-45 % bo’lgan qiyaliklarda harakat tezligini
yo’qotmasdan harakatlanadi.
Kontaktli elektrovozlarni tirkama og’irligi 1500 – 2000 kN,
quvvati esa 2000-2500 kVt bo’ladi.
Kontaktli elektrovozlarning kamchiligi kontakt tarmog’ini tog’li
joylarda o’tkazish qiyinligidir.
Kontakt-dizelli
elektrovozlar yordamchi dizelli qurilmaga egadir.
Doimiy tekis yo’llarda
elektrovoz rejimida, ya’ni kontakt tarmog’idan
ta’minlangan holda ishlaydi va kontakt tarmog’i bilan ta’minlanmagan
joylarda dizel-generator qurilmasidan energiya oladi.
Kontakt-akkumulyatorli
elektrovozlar yordamchi akkumulyator
batareyasiga egadir. Statsionar yo’llarda elektrovoz kontakt tarmog’idan
ta’minlanadi va shu bilan bir vaqtda batareyalar zaryadlanadi.
Kontakt
tarmog’i yo’q joylarda zaryadlangan batareya orqali energiya bilan
ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: