O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


 Plastinkali va qirg’ichli konveyerlar



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

6.3. Plastinkali va qirg’ichli konveyerlar 
6.3.1. Plastinkali konveyerlar 


82 
Plastinkali konveyerlar yuqori temperaturali o’ta qo’pol va katta 
donali yuklarni hamda lentali konveyerlar tashiy olmaydigan yuklarni 
tashish uchun ishlatiladi. Tortuvchi organ sifatida har xil turdagi 
plastinkali va payvand zanjirlar qo’llaniladi. Odatda, plastinkali, vtulka-
rolikli zanjirlar ko’proq ishlatiladi.
Zanjirli tortuvchi organning kamchiligi: sharnir sonining ko’pligi, 
tez-tez ko’zdan kechirish va to’xtovsiz moylab turishni talab qiladi. 
Yuqori tezlikda sharnirlarning yeyilishi va zvenolarning uzayishi 
natijasida zanjirlar salqinlanib qoladi: Odatda, konveyerlarda zanjir 
tezligi 0,66...1,0 m/c bo’ladi.
Zanjirning mustahkamlik zaxirasi koeffisienti bo’yicha uzuvchi 
umumiy kuch 
S
uz
orqali tanlanadi.
S
uz
=S
ish 

 n, H, (6.78)
bunda S konveyer zanjiridagi maksimal taranglik kuchi.
Agar ikki zanjirli konveyer ishlatilsa, u holda 
S
ish
=(1, 6 . . . 1, 8) S
xis
, N, (6.79) 
bunda 
S
xis
zanjirdagi eng katta hisobiy kuch.
а)
1
4
3
2
б)
3
5
2
4
 
6.13 – rasm. a– plastinkali konveyer, b – qirg’ichli konveyer. 
Mustahkamlik zaxirasi konveyerning mas’uliyatlilik darajasiga, 
trassa turiga, shuningdek, ishlash sharoitiga bog’liq bo’ladi. Odatda, 
mas’uliyati kam va gorizontal konveyerlarda n=6...7. Mas’uliyatliligi 


83 
yuqori konveyerlar, ya’ni eskalatorlar va o’ta qiya konveyer uchun 
n=8...10. 
Tortuvchi organ sifatida zanjirlar qo’llaniladigan konveyerlarda 
har xil yuklarni tashish uchun plastinkalar, qirg’ichlar, ballonchalar, 
kovshlar, aravachalar, maxsus qisqichlar va hokazolar o’rnatiladi.
Plastinkali uzluksiz yuk tashish konveyerlari yirik donali, qirrali va 
sochiluvchan mahsulotlarni to’g’ri chiziq bo’ylab va qiya yo’nalishda 
tashish uchun ishlatiladi. Ishlarni bajarish bo’yicha ko’zg’almas va 
ko’chma konveyerlarga bo’linadi. Ko’chma konveyerlardan yuklash va 
tushirish ishlarida foydalaniladi. 
Qo’zg’almas plastinkali konveyerlarning tezligi 0,01

0,4 m/s, 
kalta zanjirli konveyerlarning tezligi esa, 1,25 m/s gacha yetadi. Agar 
konveyer tezligi oshsa ish unumdorligi 200 t/soatgacha yetadi.
Plastinkali konveyerlar asosan harakatlanuvchi 4 va taranglovchi 2 
yulduzchalardan, ikki qator uzluksiz zanjir 3 va metalldan tayyorlangan 
plastinka 1 dan iborat (6.13 – rasm, a). 
Plastinkali konveyerlarda tortuvchi organ sifatida to’shamali va tez 
yuruvchi 
zvenoli 
zanjirlar 
ishlatiladi. 
To’shama po’latlardan 
tayyorlanadi, bu esa temperaturasi 140
0
S gacha bo’lgan mahsulotlarni 
tashishda qo’l keladi. To’shamalar tekis va to’g’ri burchakli 
likobchasimon qilib tayyorlanadi. 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin