7
KIRISH
Hozirgi kunda respublikamizdagi oliy o’quv
yurtlarida olib
borilayotgan tadbirlarning asosiy maqsadi mutaxassislar tayyorlash
sifatini tubdan yaxshilashdan iboratdir. Bu ishlarni jadallashtirishning
omili bo’lib ta’lim, ishlab chiqarish va fanning
uzviy aloqasi xizmat
qiladi.
Yuqorida aytib o’tilgan muhim vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish
uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar kerak. Bunday kadrlar
printsipial yangi ilmiy g’oyalar va yuksak texnikaviy yechimlarni
yaratish qobiliyatiga ega bo’lishlari zarur. Xalq xo’jaligini
fan-texnika
taraqqiyoti asosida jadallashtirish bozor iqtisodiyotining muhim vazifasi
hisoblanadi. Bu ulkan ishlarni bajarish kadrlarning malakasiga
bog’liqdir.
Ushbu darslikda transportlovchi mashinalar: gorizontal yuk
tashish; ko’tarish-tashish, uzluksiz
yuk tashish mashinalari, pnevmatik,
gidravlik yuk tashish qurilmalari hamda yordamchi qurilmalar
sistemalari,
ularning turlari, ishlashi va qo’llanishi to’g’risida
ma’lumotlar berilgan. Donador, sochiluvchan va kukunsimon
materiallarni tashish uchun o’sha materiallarga mos transportlovchi
mashinalarni tanlash bo’yicha yo’riqnomalar keltirilgan.
Lentali, vintli,
plastinkali, osma, rolikli va qirg’ichli konveyerlar
tsexlararo transportlovchi ishlarini bajarishda qulaydir. Transportlovchi
mashina va jihozlar ishini qisman va to’liq
mexanizatsiyalash va
avtomatizatsiyalash mumkin ekanligi to’g’risida ham fikr yuritilgan.
Jarayonlarni mexanizatsiyalashning eng yuqori bosqichi bu
avtomatlashtirishdir. Mashinalar qisman avtomatlashganda turli xildagi
avtomatik datchik va asboblardan foydalaniladi.
Havo, suv va yerda transportlovchi
mashinalar yukni xohlagan
yo’nalishda tashiydi. Lentali, vintli, rolikli, plastinkali, qirg’ichli, osma
va boshqa konveyerlar esa yukni ma’lum bir yo’nalishga tashiydi.
Ushbu
darslik
«Materiallarni
texnologik
transportlovchi
mashinalar» fani o’quv dasturi va Farg’ona politexnika institutida shu
fan bo’yicha ko’p yillar mobaynida to’plangan pedagogik tajriba va olib
borilgan ilmiy izlanishlar asosida yozilgan.
Darslikni tayyorlashda sohaning yetuk olimlari N.O.Spivakovskiy,
M.P.Aleksandrov,
V.K.Dpyachkov,
R.L.Zenkov,
Y.A.Tetrin,
D.P.Volkov, A.Akbarov, R.J.Tojiev va boshqalarning «Transportlovchi
mashinalar»,
«Konveyerlar»,
«Qurilish
mashinalari»
o’quv
8
adabiyotlaridan hamda bu sohada olib
borilgan ilmiy izlanishlar
natijalaridan ham foydalanilgan.
Mualliflar