1.2. Materiallarning fizik xossalari Texnologik
mashinalarda
transportirovka
qilinadigan
materiallarning
xossalari
turli-tumandir.
Bu
xossalarga
qarab
materiallarning sifati va ishlatilish sohalari belgilanadi. Qator
alomatlariga ko’ra materiallarning asosiy xossalarini fizik, mexanik va
kimyoviy xossalarga bo’lish mumkin.
Materialning fizik xossalari uning tuzilishini yoki atrof-muhitdagi
fizik jarayonlarga munosabatini ko’rsatadi. Materiallarning fizik
xossalariga massasi, haqiqiy va o’rtacha zichligi, g’ovakliligi, suv
shimuvchanligi,
suv
berishi,
namligi,
gigroskopikligi,
suv
o’tkazuvchanligi, sovuqbardoshligi, havo, bug’ va gaz o’tkazuvchanligi,
issiqlik o’tkazuvchanligi va issiqlik sig’imi, o’tga chidamliligi va
olovbardoshliligi kiradi.
Massa - jism tarkibidagi material zarrachalar (atom, molekula,
ionlar) yig’indisidir. Massa ma’lum hajmga ega bo’ladi, ya’ni fazoda
o’rin egallaydi. U modda uchun o’zgarmasdir, jismning harakat tezligi
va fazodagi vaziyatiga bog’liq emas. Turli moddalardan tashkil topgan
bir xil hajmli jismlarning massasi ham bir xil emas. Hajmi bir xil
bo’lgan moddalar massasidagi tafovut zichlik tushunchasi bilan
aniqlanadi. Zichlik haqiqiy va o’rtacha bo’lishi mumkin.
Haqiqiy zichlik – mutlaq zich holatdagi, ya’ni g’ovaksiz va
kovaksiz material massasining hajmiga nisbati. Haqiqiy zichlikni
aniqlash uchun (kg/m
3
, g/sm
3
) material (namuna) massasi
m ni (kg, g)
materialning o’zi egallagan (g’ovaksiz) mutlaq hajmi
V a
(m
3
, sm
3
) ga
bo’lish kerak:
ρ = m / V a (1.1) Ko’pincha materialning xaqiqiy zichligini suvning 4°S da 1 g/sm3
ga teng bo’lgan haqiqiy zichligiga nisbatan olinadi, u holda
aniqlanadigan haqiqiy zichlik o’lchamsiz kattalikdek bo’lib qoladi.
Lekin qurilish materiallarining aksariyati g’ovakli bo’ladi, shu
sababli har doim ularning o’rtacha zichligi haqiqiy zichligidan kichik
bo’ladi (1.2-jadval). Faqat zich materiallarning (po’lat, shisha, bitum va
13
ba’zi boshqa materiallar) haqiqiy va o’rtacha zichligi amalda teng
bo’ladi, chunki ularda ichki g’ovaklar hajmi juda kichik.