Suv shimuvchanlik – materialning o’ziga suv shimdirish va uni
saqlab turish qobiliyati. Suv shimuvchanlik darajasi namunaning suvga
to’yingan massasi va mutlaqo quruq holatdagi massasining ayirmasi
bilan aniqlanadi. Agar ko’rsatilgan farq namuna hajmiga nisbatan
olingan bo’lsa, hajmiy suv shimuvchanlik
W v , agar bu farq quruq
holdagi massasiga ko’ra bo’lsa, suv shimuvchanlik
W m bo’ladi.
Hajmi yoki massasiga ko’ra suv shimuvchanlik foizlarda
ifodalanadi va quyidagi formulalardan hisoblab topiladi:
W v = [(
m 1
–
m )
/ V ]·100% va
W m = [(
m 1 –
m )
/ m ] 100%
(1.5) bu yerda:
m 1 – suvga to’yingan namuna massasi,
m – quruq namuna
massasi,
V – namunaning tabiiy holatdagi hajmi, sm
3
.
Materiallarning suvga to’yinishi ularning asosiy xossalariga salbiy
ta’sir qiladi: o’rtacha zichligi va issiqlik o’tkazuvchanligini oshiradi;
mustahkamligini pasaytiradi. Material suv bilan oxirigacha to’yinganda,
ya’ni materialni suvga to’la to’yingan holatdagi mustahkamligining
pasayish darajasi
suvga chidamliligi deb ataladi.
Nam berish – materialning atrofdagi havoga nam berish
xossasidir. U atrofdagi havoning nisbiy namligi 60% va temperaturasi
20°S bo’lganda bir sutkada material yo’qotadigan suv miqdori (standart
namunaning massasi yoki hajmi bo’yicha foizlarda) bilan tavsiflanadi.