29
Old tomondan (frontal) yuklagich
. Mashina bazasiga mustahkam
sharnir orqali ramaga o’rnatiladi (3.2-rasm).
Yuklagichning asosiy
ishchi qismi yakka cho’mich bo’lib, u strela oldiga joylashgan.
Frontal yuklagichlarning asosiy qismlari ishchi qism, strela,
richagli mexanizm va ikki tomonli harakatlanuvchi gidrotsilindrdan
iborat.
Yakka cho’michli yuklagichlar ish jarayoni davomida cho’michni
sochiluvchan yuklar uyumiga botirib olib, ko’taruvchi
strela yordamida
ko’tarib, uni bo’shatiladigan joyga olib boradi.
3.2-rasm. Old tomondan yuklovchi bir cho’michli yuklagich.
a) umumiy ko’rinish; b) kinematik sxemasi.
Oddiy cho’michlar o’rniga maxsus cho’michlar o’rnatilsa, tog’
jinslari va shunga o’xshash yuklarni ham yuklashi mumkin. Agar
cho’mich o’rniga almashtiriluvchi jihozlar o’rnatilsa, ular bir necha
yordamchi:
montaj qilish, tozalash, qor yig’ish
va hokazo ishlarni ham
bajarishi mumkin.
Yarim buriluvchi yuklagichlar
. Yarim
buriluvchi yuklagichlarning
frontal yuklagichlardan afzalligi shundaki,
bu mashinalar yuklarni old
tomonidan va ikki yon tomoniga 90
burchakka burilishi bilan yuklarni
ortadi (3.3-rasm). Bu yuklagich burilishi uchun ketgan vaqtni tejab
qoladi va binolar ichida hamda oraliqlarda ishlash uchun qulay.
Yarim buriluvchi yuklagichning
oldi tomonidan yuklagichdan
farqi, mashina buriluvchi platformaga joylashgan bo’ladi, rama esa
buriluvchi tayanch qurilmaga o’rnatiladi
va u mashina bazasining
yuruvchi ramasiga tayanib turadi.