3.3-rasm. Yarim buriluvchi bir cho’michli yuklagich. a) konstruktiv sxemasi; b) aylanuvchi mexanizmni kinematik sxemasi. Buriluvchi platforma aylanma harakatni gorizontal joylashgan ikki
gidrotsilindrdan oladi. Buriluvchi platformadagi aylanuvchi yulduzcha
bilan zanjirni bog’lab turadi, zanjirning uchi shtok bilan birgalikda
mahkamlangan. Yarim buriluvchi yuklagich ishchi qismini, ya’ni yakka
cho’michni boshqa turdagi moslama bilan almashtirish mumkin.
Sochiluvchan materiallar uchun yuklagichlarning texnik ish
unumdorligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
юм
3600
тул техн ш ц Q K П K Т K
(3.5) bu yerda:
Q – cho’mich hajmi, m
3
;
K to’l – cho’michni to’ldirish
koeffisienti;
K yum – materialni yumshatish koeffitsenti;
K sh – ish
bajarilishidagi sharoit koeffisienti (
K sh = 0,85
0,90);
T ts – ishning bir
davri uchun ketgan vaqt, sek.
Davr davomiyligi deb – cho’michni material bilan to’ldirib,
cho’michni transport vositasiga eltish, yuk bilan yo’lni o’tish, yukni
cho’michdan tushirish, burilishlar va cho’michni oldingi holatiga
keltirish uchun ketgan vaqtlar yig’indisiga aytiladi.
Donali materiallar uchun yuklagichlarning texnik ish unumdorligi:
31
3600
,
техн м ц G П K T
m
3
/soat,
(3.6) bu yerda:
G – yuklagichning yuk ko’taruvchanlik qobiliyati, t.
Yuklagichlarning texnik ish unumdorligi mashinaning quvvatiga,
tezligiga, cho’michning hajmiga va boshqa parametrlarga bog’liq.