14
Materialning g’ovakligi deb uning hajmining g’ovaklar bilan
to’ldirilish darajasiga aytiladi. G’ovaklik
P
zichlikni 1 yoki 100% gacha
to’ldiradi va quyidagi formuladan aniqlanadi:
P = 1 – ρ
m
/ ρ
(1.3)
yoki
P = (1 – ρ
m
/ ρ) 100 %.
(1.4)
Turli materiallarning g’ovakliligi katta chegaralarda o’zgaradi va
g’isht uchun 25 – 30%, og’ir beton uchun 5 – 10%, gaz-beton uchun 55
– 85%, penoplast uchun 95%
ni tashkil qiladi, shisha va metallning
g’ovakliligi nolga teng. Material xossasiga g’ovaklilik kattaliligina
emas, g’ovaklarning o’lchami va xarakteri ham katta ta’sir ko’rsatadi:
mayda (0,1 mm gacha) yoki yirik (0,1 dan 2 mm gacha),
berk yoki
tutash g’ovaklar bo’ladi. Materialning butun hajmi bo’ylab bir tekis
taqsimlangan mayda berk g’ovaklar materialga
issiqlik izolyatsiya
xossalarini beradi.
Zichlik
va
g’ovaklik ko’p jihatdan materialning suv
shimuvchanligi, suv o’tkazuvchanligi, sovuqbardoshligi, mustahkamligi,
issiqlik o’tkazuvchanligi kabi xossalarini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: