O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

10.16-rasm Kabelli kran.
1-machta, 2-vant, 3-tashuvchi arqon, 4-yuk arqoni, 5-tortish arqoni, 6-
yuk aravachasi, 7,8-polispast. 
 
Kabelli kran.
Kabelli kranlarda (10.16-rasm) yuk telejkasi 6 
tortish arqon 5 orqali ikkita machta 1 ga tortilgan maxsus 
konstruktsiyadagi po’lat simli tashuvchi arqon 3 da harakatlanadi. 
Kran machtalari yakorga mahkamlangan vant 2 lar bilan tortilgan. 
Yuk arqoni 4 yuk aravachasi va ilmoq o’rtasidagi bloklar bilan polispast 
8 ni tashkil qiladi. Bu arqonning bir tomoni machtaga ikkinchi tomoni 
yuk chig’irining barabaniga mahkamlanadi.
Tashuvchi arqonning tortilishi polispast 7 yordamida amalga 
oshiriladi. Machtalar orasiga maxsus arqonlar tortilgan bo’lib, unda 
barcha arqonlarni oralariga masofani ushlab turuvchi moslama 
o’rnatilgan. Kran chig’irlari machtalar tayanch qismlarida kabinalariga 
joylashgan. Kabelli kranlar qurilish material-larini daryolar orqali olib 
o’tishda va borish qiyin bo’lgan qiyin masofaga (100 m) yukni siljitadi. 
Yukni 
ko’tarish balandligi joyni sharoitida va qurilayotgan 
inshootlarning 
balandligidan 
kelib 
chiqib 
belgilanadi. 
Kabelli 
kranlarning yuk ko’tarish qobiliyati 5-15 tonna, ba’zi hollarda 25 
tonnagacha, asosiy kamchiligi yukning vertikal tekislikda tebranishi, 
arqonni salqilanishi va doimiy nazorat qilish kerakligidir.
10.9. Kranlarni hisoblash asoslari 
Qurilishda yuk ko’tarish mashinalaridan foydalanish, qurilish 
me’yorlari va qoidalari talablari asosida olib boriladi. Ulardan 


143 
foydalanishni nazorat qilish «Davlat texnik nazorati» tomonidan amalga 
oshiriladi. Kranlardan foydala-nishda qo’yiladigan talablar xavfsizlik 
texnikasi qoidalariga amal qilgan holda maksimal yuk ko’tarish 
qobiliyati bilan kran ustuvorligini uzoq vaqt saqlashga va ularning ish 
unumdorligini oshirishga qaratilgandir.
Qurilish kranlarining ish unumdorligi.
Qurilish kranlarining 
o’rtacha ekspluatatsion ish unumdorligi (t/soat) bir mashina-soatda 
ko’tarilayotgan yukning massasi bilan xarakterlanadi.
P
e
=60
Qk
yuk 
k


t
ts
,
(10.13)
bu yerda: P
e
– soatlik ekspluatatsion ish unumdorligi t/soat; Q – yuk 
ko’tarish qobiliyati, t; k
yuk
– krandan yuk ko’tarish qobiliyati bo’yicha 
foydalanish koeffisienti; k
v
– krandan vaqt bo’yicha foydalanish 
koeffisienti; t
ts
– tsiklning davomiyligi 
t
ts=
t
m
+
t
do,
(10.14) 
bu yerda: t
m
– mashina vaqtining tsikldagi o’rtacha davomiyligi; t
do
– 
qo’lda bajariladigan jarayonlarning davomiyligi.
Sikl vaqti yuk ko’tarish balandligi, burilish burchagi, yuk 
gabaritidan va shu kabi ko’rsatkichlarga bog’liq. Kranning yillik ish 
unumdorligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.
P
ey 
=
P

T k
v
,
(10.15)
bu yerda: T – kranning yil davomidagi ish vaqti, soat; k
v
– smena 
vaqtidan foydalanish koeffisienti, bu vaqt o’rtacha 0,85 ga teng.
Kranning ustuvorligi.
Erkin turgan kranning ustuvorligi darajasi 
uning ustuvorlik koeffisienti orqali aniqlanadi. Bu koeffisient ushlab 
turuvchi momentning ag’daruvchi momentga nisbatiga teng. Kran ishchi 
qurilmalarini turli holatlarda og’irlik markazlari koordinatalari o’zgarib 
turadi. Bu esa ag’daruvchi va ushlab turuvchi momentlarning 
o’zgarishiga sabab bo’ladi. Ustuvorlik koeffisientlari va ularni aniqlash 
usul-lari Davlat texnik nazorat idoralari tomonidan belgilanadi va 
tartibga solib turiladi. Kranlarda yukli (ish vaqtidagi) va xususiy (salt) 
holatida ustuvorlik tushunchalari mavjud. Yukli ustuvorlik koeffisienti 
quyidagicha aniqlanadi.
Kyu=(M
G
-

M
in
-M
sh
)/M


 1, 15 (10.16)
bu yerda: 
M
G
=G[(b+c)cos 

 - h
1
sin 

]
= kran qismlari og’irlik kuchidan 
ag’darilish qirrasiga nisbatan hosil bo’lgan moment; 

M
in
=M
in. yuk
+M
in. 
kr. yuk
+M
m. k
– yukni kran to’xtayotganda hosil bo’luvchi kran va yukni 
inertsiya kuchlari va kranni yuk bilan aylanishida hosil bo’luvchi 
markazdan qochma kuchlardan hosil bo’luvchi momentlar yig’indisi; 
M
sh
=W
kr
a+W
yuk
L
– ishchi holatda kran va yukka shamol kuchi ta’siridan 


144 
hosil bo’luvchi moment; 
M
Q
=Q
g
(A-b)
– yukni nominal og’irligidan 
ag’darilish qirrasiga nisbatan hosil bo’luvchi moment;
Yuksiz holatdagi kranning ustuvorlik koeffisienti quyidagicha 
aniqlanadi:
K
s
 =M
/
s
/M
/
sh 

 1, 15, (10.17) 
bu yerda: M
/

– kran massasidan ag’darilish qirrasiga nisbatan hosil 
bo’luvchi moment; M
/
sh
– salt holatda shamol ta’siridan hosil 
bo’layotgan moment.
Strelali avtomobil, pnevmog’ildirakli va gusenitsali o’ziyurar 
kranlarni bo’ylama va ko’ndalang qiyalikdagi yo’llardan yurishda ham 
ustuvorligi tekshiriladi. Bu holatda ustuvorlik koeffisienti 1,4 dan 
oshmasligi kerak.
Kranlarni texnik ko’rikdan o’tkazish.
Qurilish kranlari ishga 
tushgunga qadar tegishli «Davlat texnika nazorati» tashkilotlari 
tomonidan ro’yxatga olinishi kerak. Foydalanishda bo’lgan barcha 
kranlar kamida 3 yilda bir marta texnik ko’rikdan o’tishi lozim. Yangi 
joyga montaj qilinganda yoki yuk ko’taruvchi qismlari almashtirilganda 
ham kranlar to’liq texnik ko’rikdan o’tishi zarur. Kranni texnik 
ko’rikdan o’tkazish – mashinani ko’zdan kechirish hamda statik va 
dinamik sinovdan o’tkazishdir. Statik sinov umuman kran yoki uning 
elementlarining mustahkamligini tekshirish uchun, strelali kranlarda esa 
yukli holatda ustuvorli-gini tekshirish uchun o’tkaziladi. Kranni statik 
sinash yuklangan holatda o’tkazilib, osilgan yuk kranning maksimal yuk 
ko’tarish qobiliyatidan 25 % ortiq bo’lishi kerak. Kran strelasi ustuvor-
ligi eng kam holatda qo’yiladi va osilgan yuk 100...200 mm ko’tarilgan 
holatda 10 minut turiladi. Agarda yuk yerga tushmasa va kran 
qismlarida yorilish va qoldiq deformatsiya sodir bo’lmasa kran sinovdan 
o’tgan hisoblanadi.
Dinamik sinash (mexanizmlari va priborlarni sinash) 10 % ortiqcha 
yuklanishda 
o’tkaziladi. 
Sinash 
natijalari 
bo’yicha 
krandan 
foydalanishga ruxsat beriladi.
Almashinuvchi yuk ko’tarish jihozlari 25 % ortiqcha yuklanish 
bilan sinaladi. Traversalar har 6 oyda, zaxvatlar har oyda, strelalar har 
10 kunda ko’rikdan o’tkaziladi.

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin