206
15.7-rasmda kran metall konstruktsiyasining buriladigan qismiga
joylashgan burish mexanizmi tasvirlangan. Bu holda kichik burish
tezligini olish uchun, odatda, chervyakli uzatma 4 ishlatiladi. Yuqori
FIK ni olish uchun va shuningdek, kranni to’xtatganda uzatmalarda hosil
bo’ladigan zarbli nagruzkalar ta’sirini yo’qotish uchun o’z-o’zidan
tormozlanadigan chervyakli uzatma ishlatiladi. Ushbu mexanizmda
saqlovchi mufta 6 ko’zda tutilgan, uning siljuvchi elementi shponkada
val bo’yicha sirpanadi va prujinada 5 bosimi ta’sirida bo’ladi.
CHervyak g’ildiragi val 7 da erkin o’tiradi. CHervyak valiga
tormoz 2 o’rnatilgan chervyak vali elektr dvigatel 1 rotori bilan
kompensatsiyalovchi mufta 3 yordamida birikkan. Aylanma harakat
chervyak g’ildirak validan kran kollonnasiga 8 tishli uzatma yordamida
uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: