197
15-BOB. YUK KO’TARISH MASHINALARINING
MEXANIZMLARI
15.1. Yuk ko’tarish mexanizmlari
Yuk ko’tarish mexanizmlari yukni ko’tarish va tushirish vazifasini
bajaradi. Uning tortuvchi organi aylanma harakatni
ilgarilanma qaytma
harakatga
(yuk
ko’targanda) va ilgarilanma harakatni (yuk
tushayotganda) aylanma harakatga o’zgartirib berish uchun xizmat
qiladi.
Ular egiluvchan organli, ya’ni arqonli yoki zanjirli turga
bo’linadi;
birinchisi arqonli, ikkinchisi esa zanjirli ko’tarish
mexanizmlari deyiladi.
Ko’tarish
mexanizmining
printsipial
sxemasi
15.1-rasmda
ko’rsatilgan. Mexanizmning asosiy qismiga dvigatel 1, reduktorli
uzatish zvenolari 6, arqonni o’rash yoki yig’ish uchun baraban 5,
muvozanatlovchi blok 7, ilgak osmasi, polispast 6 va tormoz 3 kiradi.
Elektr dvigatel vali reduktorning kirish valiga odatda, MUVP (MN
2090 – 64) turdagi elastik barmoqli yoki M3
yoki MZP turdagi tishli
muftalar orqali biriktiriladi. Baraban va elektr dvigatel ajralmaydigan
kinematik juft orqali bog’langan ko’tarish
mexanizmlarida reduktorga
biriktirilgan yarim muftalarning biri tormoz shkivi sifatida ishlatiladi.
Agar bunday mufta elastik bo’lsa (MUVP, prujinali va h.k), unda
Gosgortexnadzor talabiga binoan, tormoz shkivi sifatida reduktor valida
joylashgan yarim muftalarni ishlatish ruxsat etiladi. SHu bilan birga,
tormozlaganda elastik mufta elementlari
yuk momenti harakatidan
ajraladi, bu esa uning ishlash muddatini oshiradi.
Gosgortexnadzor qoidasiga binoan yuk ko’tarish va strela
qulochini o’zgartirish mexanizmlarida strelani yoki yukni tushirish faqat
elektr dvigatel bilan bajariladi.
Kulachokli, friktsion yoki boshqa
turdagi moslamalar bilan
jihozlangan yuk ko’tarish mexanizmlarida ish harakatini turli tezlik
diapazonlarida o’zgartirish uchun bu moslamalar shunday o’rnatiladiki,
bunda mexanizm o’z-o’zidan harakatlanib yoki to’xtab qolmasligi kerak.
Yuk yoki strelani ko’taruvchi chig’irlarda bundan tashqari, tezlikni yuk
ta’siri bo’lgan paytda o’zgartirish, oldindan
tormozlovchi moment
qo’ymay turib, mexanizmni to’xtatish taqiqlanadi. Odamlar uchun
mo’ljallangan chig’irlarda ishga tushiruvchi
kulachokli va friktsion
muftalar ishlatilganda, eritilgan
yoki qizdirilgan metallar, zaharli va
portlovchi buyumlarni tashish man etiladi.