O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

14.3. Plastinkali zanjirlar 
Plastinkali sharnirli zanjirlar yuk ko’taruvchi mashinalarda 
yuklarni osish (yuk zanjirlari 14.3 rasm, a), mexanizm harakatini uzatish 
(yuritma zanjirlari 14.3- rasm, b), yuk tashuvchi mashinalar ish 
organlariga kuch uzatish uchun (tortuvchi zanjirlar 14.3-rasm, v ) 
ishlatiladi. 


194 
14.3 – rasm. Plastinkali zanjirlar 
Yuk uchun mo’ljallangan plastinkali sharnirli zanjirlar (14.3-rasm, 
g) po’lat plastinka 2 va sharnir orqali o’zaro biriktirilgan valiklar 3 dan 
tashkil topib, valikning uchi parchinlanadi (zanjirga 10 t gacha yuk 
tushsa) yoki valik teshigiga shplint o’rnatiladi (zanjirga 10 t dan ortik 
yuk tushsa), zanjirning hamma zvenolarining shakli, diametrlari va valik 
uzunliklari bir xil bo’ladi, faqat bitta zvenoda qo’yilgan plastinkalarning 
uzunligi va valikning diametri katta bo’lib, u yordamida zanjir yuk 
ko’tarish mexanizmi detaliga osiladi. 
Yuritmada ishlatiladigan plastinkali zanjirlarda (14.3-rasm, d) 
ichki plastinkalar 4 vtulka 5 ga presslangan bo’lib, tashqi plastinkalar 
valik 6 ga qo’zg’almas holda mahkamlanganligi bilan yuk zanjirlaridan 
farq qiladi. 
Yuk ko’taruvchi mashinalarda vtulkali zanjirlardan tashqari vtulka-
rolikli zanjir ham ishlatiladi. Vtulka-rolikli zanjir (14.3-rasm, ye) 
valiklar 9 bilan biriktirilgan tashqi plastinkalar 8, vtulkalar 9 ga 
mahkamlangan ichki plastinkalar 7 va roliklar 10 dan iborat. Vtulkalar 
roliklarda, roliklar esa vtulkalarda erkin aylanishi mumkin. 
Tortuvchi zanjirlar (14.3-rasm, ye) xuddi vtulkaga o’xshash bo’lib, 
yuritma zanjirlaridan qadamining kattaligi va yurituvchi roliklari borligi 
bilan farq qiladi. 
Zanjir elementlari-plastinkalar va vtulkalar GOST 1050-60 


195 
bo’yicha 40, 45, 50 markali po’latlardan termik ishlov berib 
tayyorlanadi. Hamma zanjir zavodlarda uzuvchi kuchning 50% iga teng 
berib sinaladi. 
Kamchiligi: ular payvand zanjirlarga qaraganda og’ir va qimmat 
turadi, turli yo’nalishda egilmaydi, materiallarning tez yeyilishi sababli 
zanjir uzilib ketmasligi uchun tez-tez ko’zdan kechirib turish kerak. 
Plastinkali zanjirlar hisobi xuddi payvandli zanjirlar hisobiga 
o’xshash bo’lib, mustahkamlik ehtiyot koeffisienti Gosgortexnadzor 
normasi bo’yicha mashina yuritmada 5 dan kam bo’lmasligi, dastaki 
yuritma 3 dan kam bo’lmasligi kerak. 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin