O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


 – rasm. Po’lat arqonlar konstruktsiyalari



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

14.1 – rasm. Po’lat arqonlar konstruktsiyalari. 
Yuk ko’taruvchi mashinalarda ko’pincha qo’sh o’rimli arqonlar 
ishlatiladi: avval po’lat simlar markaziy sim atrofida eshiladi, so’ngra 
o’rim o’zak atrofida eshilib, po’lat simli arqon hosil qilinadi.
Arqondagi po’lat simlar va o’rimlar soni har xil bo’ladi. Ammo 
yuk ko’taruvchi mashinalarda asosan olti o’rimli arqonlar ishlatiladi. 
Ulardagi o’rimlar ichidagi po’lat simlar soni 19 va 37 ta bo’ladi. Sakkiz 
o’rimli po’lat arqonlar kranlarda va ko’targichlarda kichik diametrli 
barabanlar va shkivlar ishlatil-ganda qo’llaniladi. Ko’p qavat arqon 
o’raladigan barabanlarda ular ishlatilmaydi. 
Po’lat arqonlar bir tomonlama (14.1-rasm, 
a
) va ayqash (14.1-
rasm, 
b
) qilib eshilishi mumkin. Bir tomonlama eshilganda har qaysi tola 
va arqonni eshish yo’nalishi bir xil bo’ladi. Bunday po’lat arqonlar kam 
o’yiladi va egiluvchanrok bo’ladi, ammo kuch (nagruzka) ostida 
osongina bo’shaladi. Ayqash eshilgan po’lat arqonda o’rimdagi simlar 
va arqondagi o’rimlar yo’nalishi karama-qarshi bo’ladi, bunday arqonlar 
tezda bo’shab ketmaydi. Arqonlarning o’rimlari bir xil diametrli (kesimi 
normal strukturali) yoki har xil diametrli (kesimi aralash strukturali) 
simlardan eshilishi mumkin, bunda katta diametrli simlar arqonning 
sirtida joylashadi. Kesimi aralash strukturali arqonlarni tayyorlash ancha 
murakkab, lekin ular egiluvchanrok va tashqi qatlamlari ishqalanishga 
chidamliroq bo’ladi. 
Arqon simlar to’plamidagi simlarning bir-biriga urinishi xiliga 


191 
karab: 
chiziqli-urinmali 
– LK(CHU) (14.1-rasm, 
v
), 
nuqtali-urinmali 
– 
TK(NU), 
nuqtali va chiziqli urinmali 
– TLK(NCHU) arqonlarga 
bo’linadi. 
Arqon tayyorlashda o’rimning alohida katlamlari uchun bir xil 
diametrli simlar (B harfi bilan belgilanadi, chunonchi, CHU-B; LK-0) 
(14.1-rasm, 
v
) qatlamlarning ustki qatlami uchun ikki xil diametrli 
simlar (X harfi bilan belgilanadi, jumladan CHU-X, LK-R) o’rimning 
alohida katlamlari uchun har xil va bir xil diametrli simlar (XB harflari 
bilan belgilanadi, masalan, CHU-XB, LK-RO) tanlanadi. 
Po’lat arqonlar bo’shaladigan va bo’shalmaydigan xillarga 
ajratiladi. Bo’shalmaydigan arqonlar ilgagining balandligi katta bo’lgan 
yuk polispastalari uchun juda qulaydir. 
Po’lat arqonlar simining mexanik xossalariga qarab: yuqori 
markali-10, birinchi markali-1, ikkinchi markali-2 bo’ladi. 
Po’lat arqonning mustahkamligini oshirish uchun ular turli 
diametrdagi simlardan eshiladi. Kabel krani va boshqa kranlarning yuk 
aravachalari siljiydigan po’lat arqonlar silliq sirtli bo’ladi. 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin