O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

14.4. Po’lat arqonni hisoblash 
Po’lat simli arqonlar hisobiy chuziluvchi kuch bo’yicha 
hisoblanadi: 
S
uz
≥P·S
max
, N (14.4) 
Bunda 
S
max 
- arqon tarmog’idagi maksimal ish kuchi, N; P – 
mustahkamlik zapasi koeffisienti bo’lib, u arqonga ta’sir etadigan eng 
kichik cho’zuvchi kuchning shu arqondagi eng katta ish kuchiga 
nisbatini ifodalaydi va Gosgortexnadzor talabiga binoan arqonning 
vazifasi hamda mexanizmlarning ish rejimi bo’yicha 14.1-jadvaldan 
qabul qilinadi; 
S
uz
– arqonga ta’sir etayotgan uzuvchi kuch, uning 
qiymati GOST bo’yicha arqon konstruktsiyasining xili, uning diametri 
va materialining mustahkamlik chegarasi bo’yicha 14.1-jadvaldan qabul 
qilinadi. 
Po’lat simli arqon uchlarini mahkamlash.
Po’lat arqonlarning 
(14.4-rasm) ponali qistirma konussimon vtulka ichiga metall quyib, sim 
bilan boltli birikmalar bilan qistirib mahkamlanadi. 
Ponali qistirmada (14.4-rasm, v) quyma po’lat korpus 1 ning bir 
tomonga qarab kichrayib boruvchi yassi teshigining tor uchidan arqon 
o’tkaziladi va sirtmoq yasab, uchi yana shu tor teshikdan chiqadi. 
So’ngra sirtmoq pona (koush) 2 quyilib, u arqon bilan tortiladi. Arqon 
tortilgani sari teshikning ichki sirti bilan pona orasidagi siqilish kuchi 
ham ortadi. Po’lat arqonni almashtirishda yoki uni pripasovka qilishda 
pona borodok (sumba) bilan urib chiqarib olinadi. Pona bilan 
biriktirishda arqon 3 ish tarmog’ining yo’nalishi korpusdagi arqon 
mahkamlangan teshik markaziga mos kelishi kerak. Aks holda arqon 
ortiqcha egiladi va korpusning yoy qirrasi bilan tutashadigan joyi tez 
yediriladi. 


196 
 
14.4 – rasm. Po’lat arqon uchlarini mahkamlash. 
Katta diametrli po’lat arqonlar juda bikr bo’lganligi tufayli yomon 
egiladi. SHuning uchun ular konussimon vtulkada mahkamlanadi (14.4-
rasm, g). Bunda arqonning vtulkadan chiqariladigan joyi sim bilan 
bog’lanadi, so’ngra u vtulkaning kichik teshigi tomonidan o’tkazilib, 
uchi chuvatiladi va arqon o’zagi qirqib tashlanadi. Sim uchlari 
ilmoqsimon qilib qayriladi va hosil bo’lgan popuk vtulka ichiga qarab 
tortiladi. So’ngra simlar va vtulkaning ichki sirti xlorid kislota bilan 
tozalanadi va unga kavshar yoki babbit qo’yiladi. 
Arqon uchlarini sim bilan o’rashda (14.4-rasm, a) tugun puxta, 
lekin ish ancha sermehnat bo’ladi. Arqon sirtmog’iga tashqi yon sirtida 
ariqchasi bo’lgan kovsh 3 kiritiladi va u tarang qilib tortiladi. Arqon 
uchining o’zaklari so’kilib, arqon o’zagi qirqib tashlanadi va maxsus 
asbob bilan o’ramlar arqonning ikkinchi tarmog’i bilan o’raladi. So’ngra 
uning ustidan yumshoq sim bilan zich qilib o’rab qo’yiladi. Diametri 12 
mm gacha bo’lgan po’lat arqonlarda o’ralgan qism uzunligi 0,4 m dan, 
diametri 12 mm dan ortiq bo’lgan arqonlarda esa 0,7 m dan kam 
bo’lmasligi kerak. 
Boltli birikma bilan tugishda (14.4-rasm, b) arqonning ikkala 
tarmog’i qistirma orasida joylashtiriladi va gayka bilan tortiladi. 
Diametri 10 dan 34 mm gacha bo’lgan arqonlarda qistirmalar soni 
uchtadan yettitagacha bo’ladi, ular orasidagi masofa esa tegishlicha 80-
230 mm gacha bo’lishi kerak. Arqon uchini boltli qistirgichlar bilan 
tugish ponali qistirmalar bilan tugishga nisbatan ancha sermehnat 
bo’ladi.

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin