63
lenta tashilayotgan materialning xarakteri va holatiga bog’liq bo’ladi.
Lentaning asosini rezinalangan ip gazlama yoki kapron to’qima tashkil
etadi (6.4-rasm). Ip gazlama lentalar pishiq, chidamli, egiluvchan, uncha
cho’zilmaydi, ularni montaj qilish juda qulay.
Ishlab chiqariladigan
lentalarning eni 0,4
3,0 m va lenta tezligi 0,8
6,3 m/c gacha bo’ladi.
Ishlab chiqariladigan rezinalangan lentalarning qoplama qatlamlari soni
3
12 gacha bo’ladi. Lentalarni montaj qilishda ularning uchlari po’lat
sharnirlar yordamida xom tasmachalar yoki yelim bilan mahkamlanib,
ustidan vulkanizatsiyalab qo’yiladi. Lenta asosan o’zi
va yurituvchi
baraban o’rtasida hosil bo’ladigan ishqalanish kuchi hisobiga ishlaydi.
Lenta taranglovchi baraban va uning qurilmasi yordamida taranglanadi.
Konveyer lentasining ish shahobchasi tayanchlar (qo’zg’aluvchan
konveyerlarda ikki rolikli, qo’zg’almas konveyerlarda
esa uch rolikli
bo’ladi) yordamida ushlab turiladi, oxirgi roliklar 20º...30º qiyalatib
o’rnatilgan bo’ladi, bu esa lentaga nov shaklini beradi.
Bunday shakl
sochiluvchan yuklarni uzatish va konveyerlar ish unumdorligini
oshirishga imkon beradi. Konveyerning salt
tarmoqlarini bir qatorli
to’g’ri roliklar ushlab turadi.
Dostları ilə paylaş: