83
yuqori konveyerlar, ya’ni eskalatorlar va o’ta qiya konveyer uchun
n=8...10.
Tortuvchi organ sifatida zanjirlar qo’llaniladigan konveyerlarda
har xil yuklarni tashish uchun plastinkalar, qirg’ichlar, ballonchalar,
kovshlar, aravachalar, maxsus qisqichlar va hokazolar o’rnatiladi.
Plastinkali uzluksiz yuk tashish konveyerlari yirik donali, qirrali va
sochiluvchan mahsulotlarni to’g’ri chiziq bo’ylab va qiya yo’nalishda
tashish uchun ishlatiladi. Ishlarni bajarish bo’yicha ko’zg’almas va
ko’chma konveyerlarga bo’linadi. Ko’chma konveyerlardan yuklash va
tushirish ishlarida foydalaniladi.
Qo’zg’almas plastinkali konveyerlarning tezligi 0,01
0,4 m/s,
kalta zanjirli konveyerlarning tezligi esa, 1,25 m/s gacha yetadi. Agar
konveyer tezligi oshsa ish unumdorligi 200 t/soatgacha yetadi.
Plastinkali konveyerlar asosan harakatlanuvchi 4 va taranglovchi 2
yulduzchalardan, ikki qator uzluksiz zanjir 3 va metalldan tayyorlangan
plastinka 1 dan iborat (6.13 – rasm, a).
Plastinkali konveyerlarda tortuvchi organ sifatida to’shamali va tez
yuruvchi
zvenoli
zanjirlar
ishlatiladi.
To’shama po’latlardan
tayyorlanadi, bu esa temperaturasi 140
0
S gacha bo’lgan mahsulotlarni
tashishda qo’l keladi. To’shamalar tekis va to’g’ri burchakli
likobchasimon qilib tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: