1.1-rasm. Deytron uchun to‘g‘ri burchakli potensial o‘ra. Uo-potensial chuqurligi, E-bog‘lanish energiyasi, T-nuklonlar kinetik energiyasi, ro-yadro kuchlar ta’sir radiusi, r-ta’sirlashuvchi nuklonlar -U0 markazlari orasidagi masofa.
E –deytron bog‘lanish energiyasi agar deytronga bog‘lanish energiyasiga teng energiya berilsa, potensial uradagi nuklon uradan chiqib ketaoladi, ya’ni deytron parchalanadi.
Klassik tasavvurlarga ko‘ra potensial o‘ra chuqurligi bog‘lanish energiyasiga teng bo‘lishi kerak edi. Lekin kvant zarralar uchun boshqadir.
Koordinata va impuls noaniqligiga ko‘ra:
(1.1.1)
Deytron magnit momentini chuqur tahlil qilish proton va neytronlar orasidagi yadroviy o‘zaro ta’sir kuchida markaziy harakterga ega bo‘lmagan o‘zaro ta’sir ham mavjudligini ko‘rsatadi. Haqiqatdan, agar deytrondagi nuklonlar orbitadagi ta’sir kuchi faqat markaziy kuchdan iborat bo‘lganda, deytronning eng past energetik holati orbital momentning l=0 qiymatiga mos keluvchi sof S-holatdan iborat bo‘lar edi.
Deytron magnit momenti d, nuklonlar magnit momentlari p+n-dan chetlanish yadro kuchi markaziy emasligini ko‘rsatadi. Haqiqatdan, yadro kuchi markaziy bo‘lmasa, orbital moment harakat integrali bo‘laolmaydi. U holda to‘la moment turli orbita momentlari yig‘indisidan iborat bo‘lishadi. Deytron asosiy holat spin va juftligi I=1+ bo‘lganligi uchun orbital proton va neytron spinlari yig‘indisi 1 bo‘lishi kerak. Nuklonlar S-holatda l=0 da parallel holatda bo‘lishi mumkin, antiparallel holatda bo‘laolmaydi. Deytron juftligi juft bo‘lganligi uchun S va d (l=0, l=2) holatlardagina bo‘laoladi, P-holatda (l=1) bo‘laolmaydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, deytron markaziy bo‘lmagan kuchlar ta’sirida S va d holatlarda aralash turadilar. Nuklonlar d-orbitada harakatlanishi bilan magnit momentga hissa ko‘shadilar.
1.2. Elementar zarralarning asosiy parametri Atom yadrosi ikki xil elementar zarralar proton va neytronlardan iboratdir.
Proton massasi (mp) taxminan neytron massasi (mn) ga teng, elektron massasi (me) dan ~2000 marta katta:
mp=1836,15 me=1,67265*10-24 g.
mn=1838,68 me=1,67495*10-24 g.
Proton musbat zaryadli, zaryad mikdori elektron zaryadiga teng ishorasi qarama-qarshi.
Neytron zaryadsiz neytral zarra.
Proton va neytronlar xususiy momentga, spinga ega S=1/2. Fermi-Dirak statistikasiga bo‘ysunuvchi fermionlardir.