O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 261,49 Kb.
səhifə20/56
tarix01.05.2023
ölçüsü261,49 Kb.
#105486
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua (1)

Mustaqil ish topshiriqlari:

  1. Mavzuning zaruriy qismlari va berilgan namunadan foydalanib o‘z tarjimayi holingizni yozing.

  2. Mavzuning zaruriy qismlari hamda ilovada berilgan namunadan foydalanib, o‘rtog‘ingizning nomzodini aspiranturada o‘qishga tavsiya eting.

Test

  1. Ish faoliyatining turlari, oxirgi ish joyi, lavozimi qaysi rasmiy hujjatda ko‘rsatiladi?

A.Tarjimayi hol

B.Ariza

S.Tushuntirish xati

D.Dalolatnoma

  1. Faqat bir ma'noda qo‘llanib, o‘zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko‘rsatadi. Bu...

A. Atamalar.

B. Shakldoshlar

S. Ko‘p ma’noli so‘zlar

D.Bir ma’noli so‘zlar

  1. “dehqon oilasida tug‘ildim, bo‘lim mudiri vazifasida ishlaydi, o‘qishga kirdim, jamoat ishi” kabi birikmalar qaysi hujjat matnlarida uchraydi?

  1. tarjimayi hol

  1. ariza;

  1. telegramma;

D. tushuntirish xati;

  1. Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning qaysi asari tarjimayi holning badiiy turiga kiradi

  1. "Bolalik".

  1. “Boburnoma”,

  1. "Ko‘rgan-kechirganlarim"

  1. "Esdaliklar",

  1. .Sadriddin Ayniyning qaysi asari tarjimayi holning badiiy turiga kiradi

  1. "Esdaliklar",

  1. "Bolalik"

  1. “Boburnoma”,

  1. "Ko‘rgan-kechirganlarim"

  1. Abdulla Qahhorning qaysi asari tarjimayi holning badiiy turiga kiradi?

  1. "O‘tmishdan ertaklar".

  1. "Bolalik",

  1. “Boburnoma”,

  1. "Ko‘rgan-kechirganlarim"

  1. Nazir Safarovning qaysi asari tarjimayi holning badiiy turiga kiradi?

  1. "Ko‘rgan-kechirganlarim".

  1. "O‘tmishdan ertaklar",

  1. "Bolalik"

  1. “Boburnoma”,

  1. Hijriy-shamsiy yil oylari qachondan boshlanadi ?

  1. 21 martdan boshlanadi.

  1. Ramazon oyining tugashi bilan boshlanadi.

10.Tavsifnoma qanday qismlardan tuziladi?

  1. shaxs haqida asosiy ma’lumotlar, hujjat nomi, matn, imzolar, sana;

  1. yuboriladigan tashkilotning nomi, hujjat nomi, matn, imzo;

  1. sarlavha, hujjat nomi, matn, imzolar, sana;

  1. To‘g‘ri javob yo‘q;

Adabiyotlar:

  1. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish . Amaliy qo‘llanma. – T.: O‘z MI, 2000.

  2. Karimov S.A., Mahmatmurodov Sh.M., Karimova O.N. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. – T.: O‘zbekiston, 2003.

  3. Begmatov E. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. – T.: Fan, 1985.

  4. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi. – T.: O‘qituvchi, 2003.



MAVZU: ARIZA, DALOLATNOMA, HISOBOT VA ULARNING VAZIFASI, ZARURIY QISMLARI.
REJA:

  1. Ariza, uning vazifasi va unda aks etihshi kerak bo‘lgan zaruriy qismlari.

  2. Dalolatnoma, uning vazifasi, zaruriy qismlari.

  3. Hisobot, uning vazifasi, zaruriy qismlari.



Dars maqsadi: Talabalarni ariza, dalolatnoma, hisobot kabi hujjatlar, ularning vazifasi va ularda aks etishi kerak bo‘lgan zaruriy qismlari bilan tanishtirish.
Mavzuga oid tayanch so‘z va iboralar: Ariza, shikoyat, rasmiy hujjat, hisbot, anjuman, matbuot, vazirliklari grifi, jamoat joylari, dalolatnoma,
Kerakli jihoz va materiallar: videoproyektor, mavzu yuzasidan taqdimotlar, ariza, dalolatnoma, hisobot namunalari, doska, imlo qoidalari, internet ma’lumotlari.
ARIZA
Ma’lum bir davlat tashkiloti, xususiy korxona, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, mansabdor shaxslar nomiga iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Shikoyat mazmunidagi arizalar kelib tushgan tashkilot tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ariza ish, o‘qish, yashash joylarida eng ko‘p qo‘llanadigan hujjatlar turiga kiradi. Ariza alohida bir shaxs yoki bir qancha kishilar tomonidan jamoa bo‘lib yozilishi ham mumkin. Bu hujjat mahalla raisiga, jamoat tashkiloti rahbariga, bog‘cha mudirasiga, maktab, litsey, kollej direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, xo‘jalik, tashkilot, korxona, muassasa boshliqlariga, tuman, shahar, viloyat hokimlari yoki respublika miqyosidagi rahbarlar, mansabdor shaxslarga yo‘llanishi mumkin. Arizalarning mazmuni va hajmi turli-tuman bo‘lsa-da, ularning barchasi uchun xos bo‘lgan umumiy zaruriy qismlar mavjud.
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
- ariza yo‘llanayotgan tashkilot nomi, rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi;
- ariza yozuvchining ish, o‘qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
- hujjat nomi – ariza;
- matn (iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunidagi ariza uchun asos bo‘lgan fikr-mulohazalarning qisqagina bayoni);
- ilova hujjatlar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa yoki talab etilsa);
- ariza yozuvchining imzosi, familiyasi, ismi, yozilgan sana.
Ariza imkon qadar qisqa, ma’lumotlarga asoslangan holda, tushunarli uslubda yozilishi lozim. Ariza bevosita rahbarning o‘ziga yoki shu ishlar bo‘yicha mutasaddi kishiga topshiriladi. Arizada bayon etilgan iltimos, talab, taklif yoki shikoyat amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda muddatda hal etiladi.
NAMUNA
Guliston davlat universiteti
tabiiy fanlar fakulteti talabalar kasaba uyushmasi byurosi raisi S.Anorovga
shu fakultet biologiya bo‘limi I kurs rus
guruhi talabasi Rahmonova Dildoradan
ARIZA
Guruhimiz talabalari bilan Prezident ta’tili paytida, ya’ni 2017-yil
28-29-dekabr kunlari mamlakatimizning qadimiy shaharlaridan Buxoro hamda Qarshi shaharlariga jamoa bo‘lib sayohatga borishni rejalashtirganmiz. Viloyat sayohat byurosi bilan kelishib, guruhimiz talabalari uchun ikki kunga 25 o‘rinli avtobus olishimizga yordamlashishingizni so‘rayman. Yo‘l xarajatlarini naqd pul bilan to‘laymiz.

20.19.12. imzo Rahmonova D.





Yüklə 261,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin