O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 261,49 Kb.
səhifə8/56
tarix01.05.2023
ölçüsü261,49 Kb.
#105486
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua (1)

3-savol bayoni:
O‘zbek tili lug‘atining boyish manbaalari
O‘zbek tili so‘z boyligi hayot, fan, texnika, san’atning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda yildan yilga boyib bormoqda. Boyish, asosan, ikki manbaaga asoslanadi:
1. O‘zbek tilining ichki imkoniyatlari (ichki manbaa).
Bunda ko‘pincha so‘z yasash orqali yangi so‘zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, namunali, ijarachi, vazirlik, erksevar, guldasta, MDH, O‘zMU va b.
2. Shevalardan so‘z olish ham ichki manbaa hisoblanadi: oyi, bolish, dugona, et(go‘sht).
Boshqa tillardan so‘z olish (tashqi manbaa). O‘zbek xalqi qadim zamonlardan buyon boshqa xalqlar bilan aloqada bo‘lib kelgan. Bu tilimizda ham aks etgan. O‘zbek tiliga boshqa tillardan kirgan quyidagi so‘zlarni misol qilib keltirish mumkin: 1) arabcha: kitob, maktab, ma’no, harakat, sanoat muomala, doim, me’da, a’lo, san’at, asosiy, ommaviy, oddiy, milliy, abadiy, ammo, biroq, balki, va, lekin, vaholanki ( o‘zbek tilidagi arabcha so‘zlar ko‘proq ot va sifat turkumiga tegishli bo‘lib, ularning belgilari quyidagilardir: ikkita unli yonma-yon keladi: doim, shoir, muomala, shijoat, shuur, inshoot, murojaat, tabiiy; ayirish belgisi (‘) ishtirok etadi: ma’no, qal’a; ko‘pincha yumshoq h tovushi qatnashadi; -iy, viy qo‘shimchalarini olib yasalgan bo‘ladi) 2) fors-tojikcha: barg, anor, korxona, nodon, dono, kamtar, tilla, kaptar, dasturxon, dastro‘mol, poydevor, poyabzal, darhol, darvoza, xursand, farzand, do‘st, go‘sht, sust, past, g‘isht (Ko‘rinyapdiki, fors-tojikcha so‘zlarda poy, dast, dar kabi qismlar qatnashyapdi, so‘zlar oxirida jarangsiz undoshlardan keyin t, jaranglidan keyin d tovushlari ishtirok etyapdi); 3) mo‘g‘ulcha: tuman, navkar, yasoq; 4) uyg‘urcha: manti, lag‘mon, manpar; 5) xitoycha: choy (xitoy tilida tsay deyilar ekan); 6) ruscha: stol, stul, ruchka, samolyot, parovoz, paroxod, pulemyot, pero, cho‘t (schyot).
Rus tilidan olingan so‘zlar orasida asli kelib chiqishi boshqa tillarga xos so‘zlar ham bor: buxgalter, soldat, tank, shtab (nemischa), palto, triko (fransuzcha), klub, futbol (inglizcha), tomat, limon (ispancha).
Boshqa tillardan o‘tgan so‘zlar olinma (o‘zlashma) so‘zlar deyiladi. O‘zbek tilidan ham boshqa tillarga so‘zlar o‘tgan: o‘rik, anjir, somsa, (ruscha: uryuk, injir, samsa). Karandash (qora tosh), kavardak (qovurdoq), yeralash (aralash), utyug (o‘ti yo‘q) kabi so‘zlarning ham rus tiliga o‘zbek tilidan o‘tganligi isbotlangan. Hozirgi paytda o‘zbek tilida ishlatilayotgan bekat so‘zi ham yevropa tillarida piket tarzida qo‘llanayotganligi fanga ma’lum. So‘zlarning kelib chiqishini izohlaydigan lug‘atlar etimologik lug‘atlar deb ataladi.

Yüklə 261,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin