C2 – tozalangan havo tarkibidagi qattiq zarrachalarning konsentratsiyasi, mg/m3.
Agar changli havo bosqichma-bosqich ikkita tozalash qurilmasi yordamida tozalansa, unda tozalash qurilmalarining umumiy ishlash samaradorligi (ηum) quyidagi formula bilan % larda hisoblanadi:
ηum=[( η1+ η2)-( η1*η2)]*100% (4)
Agar changli havo bosqichma-bosqich n – marotaba tozalansa yoki bir vaqtning o`zida turli tozalash qurilmalardan foydalanilsa, unda tozalash qurilmalarining umumiy ishlash samaradorligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
ηum=[1-(1-η1)*(1-η2)…(1-ηn)]*100% (5)
(4) va (5) formulalarda η1, η2, … ηn – birinchi, ikkinchi va n – chi bosqichlarda qo`llanilgan tozalash qurilmasining ishlash samaradorliklari.
Masalan, birinchi va ikkinchi bosqichda qo`llanilgan tozalash qurilmalarining ishlash samaradorliklari mos ravishda 60% va 80% ga teng. Tozalash qurilmalarning umumiy ishlash samaradorligini topish talab etiladi.
Berilgan: η1 = 60% = 0,60
η2 = 80% = 0,80
____________________
ηum = ?
(4) formuladan topamiz:
ηum=[( η1+ η2)-( η1*η2)]*100%=[(0,6+0,8)-(0,6*0,8)]*100%=92%
(5) formula quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
ηum=[1-(1-η1)*(1-η2)…(1-ηn)]*100% =[1-(1-η1)*(1- η2)]*100%=
Dostları ilə paylaş: |