1-rasm. Byuretkaning ko’rinishi:
a-barit ishqori uchun; b-shavel kislotasi uchun; v-natronli ohak naychasi
g-kauchuk balon; d-shavel kislota uchun stakan
Ishni bajarish tartibi
Barit eritmasining birinchi titrini o’rnatish. Buning uchun byuretka rezin grusha yordamida oldin tayyorlangan tiniq Ba(OH)2 eritmasi bilan to’ldiriladi. Kolbachaga 20 ml shavel kislota eritmasi o’lchab olinadi, unga 2 tomchi fenolftalein indikatoridan qo’shib, Ba (OH)2 eritmasi bilan kuchsiz rang bergunga qadar titrlanadi.
Havodan olingan namuna va undan barit eritmasi yordamida uglerod qo’sh oksidini yutib olish. Tadqiq etiladigan havo shisha idish orqali nasos yoki aspirator yordamida shamolattiladi, so’ngra idishga kichik flakon o’rnatilib, undan 102 ml ishqor eritmasi va aniq titr o’rnatiladi. Idish 20 daqiqa chayqaladi (tebratiladi), eritma CO2 ni yutib oladi va uning rangi xira-oq bo’lib qoladi. Idishdan kichik flakonga Ba ishqori eritmasi quyuladi, idioshdan ajratiladi, probka bilan og’zi yopiladi va tiniqlashishi uchun 1-2 soat tinch holatda saqlanadi.
Termometr va barometr ko’rsatgichlarini yozib olish. Idishda tadqiq etiladigan havo hajmini normal holatga keltirish uchun quyidagi formuladan qo’llaniladi:
V760=Vt*B(1+an)*760
bu yerda V760-00C va 760 mm simob ustuniga keltirilgan havoning hajmi.
B-tajriba o’tkazish joyida barometr ko’rsatgichi
a=0,003667-harorat 10C ko’tarilganda havoni kengayish koeffitsienti.
t-(najriba o’tkazish joyida) havoning harorati.
Barit eritmasining ikkinchi titrini o’rnatish. Byuretka rezin grusha yordamida kichik flakondan tiniqlashgan Ba ishqor eritmasi bilan to’ldiriladi. Kolbaga 20 ml shavel kislota eritmasidan 2 tomchi fenolftaleindan qo’pshiladi va bariy ishqori eritmasi bilan to kuchsiz qizil rang hosil bo’lganga qadar titrlanadi.
Normal hajmga keltirilgan tadqiq etiladigan havoda uglerod qo’sh oksidi miqdorini hisoblash.
Bariy ishqorining birinchi va ikkinchi titrlari orasidagi farq topiladi.
1 mg CO2 0OC va 760 mm simob ustunida 0,509 ml hajmni egallashini inobatga olib, olingan hajmdagi havoda uglerod qo’sh oksidi miqdori mg larda aniqlanadi.
Normal holatga keltirilgan havo hajmida uglerod qo’sh oksidi miqdori % larda) aniqlanadi.
760-100%
CO2-X
bu yerda 760-normal holatga keltirilgan havoning hajmi, ml;
CO2-olingan havo hajmida uglerod qo’sh oksidining hajmi, ml.
Hisoblash ishlarini to’g’ri bajarish uchun quyidagi tartibda amal qilinadi.
Birinchi titrlashda 20 ml shavel kislotada 21 ml barit eritmasi sarflandi. Bariy eritmasining 21 ml 20 mg CO2 ni o’ziga yutib oldi. 100 mg bariy ishqori eritmasi ml shavel kislotani yutib oladi.
Ikkinchi titrlashga 20 ml shavel kislotaga 25.5 ml bariy ishqori eritmasi kichik flakondan sarflangan. Ya’ni 100 ml bariy ishqori ml shavel kislotani yutib oldi. Bu esa 78,4 mg CO2 ga mos keladi.
Birinchi va ikkinchi titrlar orasidagi farq (95,7-79,4)=17,3 idishdagi havoda CO2 miqdori (mg) ga mos keladi. 1mg CO2 00 S va 760 mm simob ustunida 0,509 ml hajmni egallashini inobatga olib, idishdagi havoda CO2 miqdorining hajmi 17,3*0,509=8,8057 ml ga teng bo’ladi. Idishning hajmi 00C va 760 mm simob ustunida 2123 ml ga teng bo’lsin deyaylik. Unda 8,8057 ml CO2 gazi mavjud. Bu yerdan
Ushbu hisob–kitoblardan xulosa shuki, tadqiq etilayotgan havoda uglerod qo’sh oksidining hajmiy miqdori 0,41% ga teng ekan. Olingan natijalar 1-jadvalga yoziladi.
1-jadval
Tadqiqot olib boriladigan mintaqa
|
Idishning haqiqiy hajmi,
ml
|
Havoning harorati,
°C
|
Barometrik bosim,
mm.sim.ust
|
0°C va 760 mm simob ustunida idishning hajmi,
ml
|
CO2 miqdori
|
ml
|
%
|
Pol ustida 0.5 m balandlikda
|
|
|
|
|
|
|
Pol ustida 1.2 m balandlikda
|
|
|
|
|
|
|
O’rtacha qiymat
|
|
|
|
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |