Karbonat qattiqlik – bu ham xom suvning qattiqligi bo`lib, suvda erigan magniy va kaltsiy karbonatlari va gidroqarbonatlar bilan ifodalanadi.
Tuzatiladigan qattiqlik –suv qaynatilganda tuzatilishi mumkin bo`lgan qattiqlik. Bunda suvdagi kaltsiy, magniy va karbonat tuzlari parchalanib, erimaydigan karbonat angidrid tuzlariga aylanib qoladi.
Doimiy qattiqlik – bu bir soat qaynatilganidan keyingi suvning qattiqlig bo`lib, unda xloridlar, sulfatlar va qisman kaltsiy va magniy karbonatlari qoladi. Ular, odatda, idish yoki quvur devorlarida va tubida qatlam hosil qiladi.
Suvning qattiqligi 10° gacha (3,5 mg/ekv 1 l-da ) bo`lsa, u yumshoq suv, 10° dan 20° gacha (3,5 – 7 mg/ekv 1 l-da ) bo`lsa, u o`rtacha qattiqsuv, 20°-30° (7-10,5 mg/ekv 1 l-da ) gacha bo`lsa, u qattiq suv va 40° dan yuqori (14 mg/ekv 1 l-da ) bo`lsa, u o`ta qattiq suv hisoblanadi.
Ichimlik suvining umumiy qattiqligi 30°-40° atrofida bo`lishi kerak.
Davlat standarti 2874-82 “Ichimlik suvi” talablariga asosan suvning qattiqligi 7mg – ekv/dm3dan, kanalizasiya quvurlari orqali uzatiladigan yoki oqiziladigan suvlarning qattiqligi esa 10mg – ekv/dm3dan oshmasligi kerak. o`ta qattiq suvlar yoqimsiz ta`mga ega bo`lib, oshqozon va buyrakda turli toshlarning paydo bo`lishiga olib keladi. Qattiq suvlarda, odatda, sovun ko`piklanmaydi.
Suvning karbonat qattiqligini aniqlash Ushbu usul to`q sariq metil indikatori bilan xlorid kislota karbonatlarini titrlashga asoslangan. Ushbu usul asosida quyidagi reaksiyalarnin borishi yotadi:
Ca(HCO3)2+2 HCL=CaCL2+H2O+2CO2 Mg(HCO3)2+2 HCL=MgCL2+H2O+2CO2 Titrlash davomida sarflangan 1 ml 0,1 xlorid kislotaning normal eritmasiga 2,9 mg kaltsiy oksidi mos keladi.
Kerakli tajriba jihozlari: 1.0,1 xlorid kislotaning normal eritmasi;
2.1 % li to`q sariq metil eritmasi;
3.hajmi 100 mlli byuretka;
4.hajmi 150 mlli konussimon kolba;
5.Pipetkalar.