80
mustahkamligi, elastikligi, tolalarining uzunlik va yo‘g‘onligi bo‘yicha birtekisligi
kabi ko‘rsatkichlar kiradi.
Po‘stinbop qo‘ychilikda tanlash uchun asosiy ko‘rsatkich
terining
po‘stinbopligi sanaladi.
Mo‘ynali qo‘ychilikda tanlashning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki,
bunda qo‘zilar 1-2 kunligida baholanadi. Qorako‘lchilikda sovliqlarning nasldorlik,
ya‘ni egiz tug‘ishiga ham e‘tibor beriladi.
Parandalarni tuxum va go’sht mahsuldorligi bo’yicha baholash va tanlash.
Parandalarni tanlashda, ularning tuxum qo‘yishini individual hisobga olib boriladi:
o‘rdak va g‘ozlarni 12 oy davomida tuxum berganligi, tovuqlarda birinchi va keyingi
12
oy davomida tuxum berganligi, hamda tuxumining o‘rtacha vazni bo‘yicha
baholanadi. Buning uchun tovuqlarni bir yasharligida 10 ta tuxumini tortib, o‘rtacha
har birining og‘irligini hisoblash orqali aniqlanadi. Tovuqlarning tirik vazni 1
yasharligida, jo‘jalarniki 49 kunligida, g‘ozlar 60 kunligida, kurkachalar 120,
o‘rdaklar – 50 kunligida aniqlanadi.
Parandalarni tanlashda
tuxumdorligidan tashqari, tuxumdan jo‘ja ochib
chiqish foizi, jo‘jalarning yashovchanlik qobiliyati va boshqa ko‘rsatkichlar ham
hisobga olinadi.
Hayvonlarni avlodining sifati bo‘yicha baholash va tanlash
Hayvonlarni avlodining sifati bo‘yicha baholash va tanlashning asosiy
maqsadi, urchitishda foydalaniladigan hayvonning yaxshilovchi
ekanligini aniqlash,
ya‘ni bu shunday erkak hayvonlarki, ulardan olingan avlodlar boshqa hayvon
avlodlariga nisbatan albatta yaxshi mahsuldorlik va nasldorlik ko‘rsatkichlarga ega
bo‘lishi kerak.
Urchitishga qo‘yiladigan erkak hayvonlarni avlodining sifati bo‘yicha
tekshirish uchun maxsus ajratib olingan ona mollar guruhida tajriba o‘tkaziladi.
Buning uchun yosh buqalar yoki qo‘chqorlar tanlab olinadi va ularni qisqa muddatda
urchitishga qo‘yiladi, ulardan olingan nasli ustida tajriba-sinov o‘tkazish jarayonida
yaxshi oziqlantirish va saqlash sharoitlari yaratiladi. Tajriba natijalariga ko‘ra, agar
81
tekshirilayotgan
naslli hayvonning avlodlari, tegishli xo‘jalik ahamiyatiga ega
bo‘lgan belgilari bo‘yicha onasi va tengdoshlaridan o‘zib ketsa, avlodining sifati
bo‘yicha yaxshilovchi deb hisoblanadi.
Erkak hayvonlarni avlodining sifati bo‘yicha baholashning bir qancha usullari
mavjud. Shular jumlasiga: qizlarining o‘rtacha ko‘rsatkichi usuli;
tekshirilayotgan
buqa qizlarining o‘rtacha ko‘rsatkichlarini onalarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari bilan
taqqoslash (―ona – qiz‖) usuli; tekshirilayotgan buqa avlodlarining ko‘rsatkichlarini
xo‘jalikdagi podalarning o‘rtacha ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash usuli va h.k.
Birinchi usulda tekshirilayotgan buqa qizlarining ko‘rsatkichlari irsiy
belgilarini o‘tkazish bo‘yicha baholash mezoni hisoblanadi. Uni quyidagi formulada
ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: