Panteizm – (yunon. pan – barcha va theos – Xudo) – tabiat va Xudoning o‘zaro uyg‘un, ayniy ekanligini e’tirof etuvchi ta’limot.
Panteizm
Pantheism
Paradigma(yunon. paradeigma – misol, namuna) – barcha tomonidan tan olingan ilm-fan natijalari bo‘lib, ulardan ilmiy jamoatchilik uzoq vaqt davomida ilmiy muammolarni qo‘yish modellari va ularni hal etish usullarini belgilashda asos sifatida foydalanadi; keng ma’noda – davrning tafakkur usuli.
Platon(Aflotun)(mil.av.427-347) –o‘zining etika sistemasini ustozi Suqrotga ergashib yaratdi. Aflotun etikasining asosiy tayanch nuqtasi – inson ongidan tashqarida, xudoning doimiy nazorati ostida bo‘ladigan yagona o‘zgarmas «yaxshilik» g‘oyasidir.
Platon
Plato
Panlogizm (yunon. pan – barcha va logos – so‘z, ta’limot) – mavjud barcha narsalarni Mutlaq g‘oyaning o‘z-o‘zidan harakati natijasi sifatida qaraydigan, borliq va tafakkur qonunlarning to‘la mos kelishini tan oluvchi falsafiy konsepsiya.