Dunyoni asotiriy tafakkur orqali tasvirlash Asotiriy tafakkur (afsonaviy fikrlash) – insonning dunyoga va bilvosita ijtimoiy munosabatlarga bo’lgan munosabatini muayyan butunlikda ifodalash shakllaridan biridir. U garchi hayoliy bo’lsa ham, bu dunyoning paydo bo’lishi, tabiiy tartibning ma’nosi haqidagi savolga berilgan birinchi javobdir.
Dunyoni asotir tafakkur orqali tasvirlash diniy tasavvurlar bilan yaqindan bog’liq bo’lib, tabiat kuchlarini shaxslar faoliyati bilan ifodalashdir. Ammo u tabiat va inson jamiyati haqidagi asrlar davomida to’plangan bilimlar majmuasi sifatida namoyon bo’ladi. Mantiqiy fikrlash (falsafa)gina inson tafakkurini afsonaviy an’analar va uni bevosita hissiy taassurotlarga bog’lab qo’ygan zanjirlardan ham xalos qila olish imkoniyatini beradi.
Sharq falsafasini o’rganishning ahamiyati O’tmishdagi Sharq falsafasini o’rganish o’sha davrdagi nuqtai nazarlarni bugungi erishilgan nazariy natijalar bilan qiyoslash imkoniyatini beradi. Sharq falsafasi dunyoni va jamiyatni tushunishda asosiy falsafiy muammolarni bayon qilish usullarining muayyan majmuini o’z ichiga olgan. U o’ziga xos sharqona tafakkur tarzini shakllantirganki, hozirgi yosh avlod ham undan bahramand bo’lishi kerak.
MAVZUGA OID KONSULTATIV MATERIALLAR 1-ilova Qadimgi Sharq falsafiy tafakkuri zaminlari
Mavzuni o’zlashtirish uchun savollar Sharq falsafasining o’ziga xos asosiy xususiyatlari nimada?
Dunyoni afsonaviy tushunish deganda nimani tasavvur qilasiz?
Sharq falsafasining qanday muammolari bor?
Inson dunyoga bo’lgan o’z munosabatini dastlab qanday ifodalagan?
Donishmandlikning mohiyatini qanday tushunasiz?
Dunyoni asotiriy tushunishning o’ziga xosligi nimada?