Ijtimoiylashuv(sotsiallashuv) (lot. socialis – ijtimoiy) – individning jamiyatning muvofaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. I. insonning madaniyat, kommunikatsiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni, bir–birlari bilan muloqotda bo‘lishlariniifodalaydi.
Sotsializatsiya
Socialization
Izotrop – barcha yo‘nalishlarda bir xil.
Izotrop
isotropism
Izchillik – mantiqiy tafakkurning asosiy shartlaridan biri bo‘lib, fikrlash jarayonida tartibni, ya’ni fikr oddiydan murakkabga qarab,yoki aksincha yuritilishini talab qiladi.
Posledovatelnost
Sequence
Ilmiy inqilob – ilmiy-tadqiqot dasturlari yokiilmiy tafakkur paradigmalarining almashish jarayoni.
Imkoniyat – voqelikning kurtak holdagi ko‘rinishi, yuzaga chiqmagan voqelikdir. I.voqelikni keltirib chiqaruvchi, rivojlanishning ob’ektiv shart-sharoitlari va sub’ektiv omillari ham bo‘lishi mumkin. Voqelik hozir real mavjud bo‘lgan narsa va hodisadir, lekin ular dastlab imkoniyat shaklida mavjud bo‘ladilar.