Divergentsiya – umumiy ajdoddan kelib chiqqan organizmlarni tanlash tufayli bir-biriga o’xshamaydigan belgi-xossalarning paydo bo’lishi. Sun’iy tanlashni isbotlovchi dalillar 1) arxeologik qazilmalar tahili shuni ko’rsatadiki, shoxli mollar, cho’chqa, kabutar, uy parandalarini ko’paytirishda va donli o’simliklar va poliz ekinlarini etishtirishda inson o’zining bor mahoratini ishlatgan; 2) har yili Respublikamiz poytaxti Toshkentda (Ekspomarkazda) bo’lib o’tadigan ko’rgazmada selektsonerlar tomonidan yaratilgan yangi o’simlik navlari namoyish etilishi bu – sun’iy tanlash natijasi; 3) buyurtma asosida hayvon zotlari va navlarini yaratish. Sun’iy tanlash shakllari Sun’iy tanlashning: ongsiz, metodik, inbriding, autbriding shakllari mavjud. 1) ongsiz – sun’iy tanlashning eng sodda va qadimiy shakllaridan bo’lib, inson o’z oldiga o’simlik va hayvonlarning shakllarini takomilashtirish, ularning yangi nav va zotlarini chiqarishni maqsad qilib qo’ymay, yaxshilarini saqlab, yomonlarini yo’qota borish natijasida (inson bilmagan holda) yangi shakllar vujudga kelgan. 2) metodik tanlash – inson yangi zot va nav chiqarishni rejalashtiradi, zotni va navni chiqarishga ijodiy yondashadi. Bu esa o’z navbatida zot va navning tez vaqt ichida keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi. Metodik tanlash bir martali (takrorlanmaydigan) va ko’p martali (takrorlanadigan) bo’lishi mumkin. Bir martali (takrorlanmaydigan) tanlash, mutatsiya vujidga kelguncha faqat bir avlodda bo’ladi. Moshanka nomli uzun yungli qo’y zotini yaratilishi bunga misoldir. Ko’p martali (takrorlanadigan) tanlash bir necha avlodda takrorlanadi. 3) inbriding – yaqin qarindoshlar o’rtasidagi ajdodga xos umumiylikka ega bo’lgan organizmlar o’rtasidagi chatishish.Inbriding ko’proq mushuk va itlarni ko’paytirishda qo’llaniladi. Uzoq muddat davom etgan inbriding naslsizlikka va kasalliklarga chidamsizlikka olib keladi;