Kurs ishining
kirish qismida
hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xukm surayotgan
davrdagi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, inqirozga qarshi Davlat dasturi
talablari va mamlakat iqtisodiy siyosatining istiqbolli yo„nalishlaridan kelib chiqqan holda
tanlangan mavzuning dolzarbligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, mavzuning o„rganilganlik darajasi,
maqsadi va vazifalari, tadqiqotning ob‟ekti va predmeti va ishning tarkibiy tuzilishi mazmunan
yoritiladi.
Maqsad va vazifalar kurs ishining asosiy mazmunini aks ettirish va qanday vazifalarni
echishga yo„naltirilganini ko„rsatib berishi lozim.
Birinchi bandda
kurs ishining nazariy asoslari bayon etilib, mavzuning ilmiy va uslubiy
jihatlariga qaratiladi. Bunda hozirgi davrda bu mavzuga bo„lgan nazariy yondoshuvlar, masalaning
mohiyati, muammoni echishning asosiy omillari va talabaning ilmiy, nazariy qarashlariga bo„lgan
munosabati bildiriladi.
Mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, alohida savollarda mavzuga oid muayyan uslubiy
masalalarni ham ko„rib chiqish foydadan xoli emas. Albatta, talaba uchun mavzuning nazariy va
uslubiy jihatlarini ishlab chiqish og„ir. Ammo, mavzuda ko„rib chiqilayotgan masalalarni echimiga
oid ilmiy-uslubiy yondoshuvlar va ularning samaradorligini baholash mezonlariga umumiy baho
berib ketish mumkin.
Dostları ilə paylaş: