O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


Muammoli ta iim texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari. Muhandislik grafikasi darslarida muammoli talim texnologiyasidan foydalanish



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə126/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

Muammoli ta iim texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari. Muhandislik grafikasi darslarida muammoli talim texnologiyasidan foydalanish.
(1-ilova)
1.Reja:Muammoli ta'limda muloqat taktikasi.
Muammoli savollar tizimini ishlab chiqishda talabalarni o‘ylashga majbur qilish hamda ularning javoblari ehtimoli nazarda tutiladi. Shu bilan bog‘liq ravishda mashqulot ssenariysi mashg‘ulotning biror (ehtimol ko‘rilgan) variantini aks ettirishi lozim bo‘ladi, uning realligi esa o‘qituvchining talabalardagi boshlang‘ich fikrlash qobiliyati darajasi haqidagi qay darajada bilimga ega bo‘lishiga bog‘liq. Shu bilan birga, hatto yaxshi ishlab chiqilgan ssenariy bo‘lsada, darsning borishida avval o‘ylangan rejadan chetga chiqishlar bo‘ladi, chunki talabalarning individual xislatlari, bilimlarining darajasi va kengligi har xil bo‘ladi, shu tufayli o‘qituvchi darsni samarali o ‘tkazishi uchun mavzuga muvofiq material mazmunini o‘zi yuksak darajada egallagan bo‘lishi shart.
O‘qituvchi muammoni yechish usullarini izlashni tashkil etishga o‘tar ekan, avvalo birinchi muammoni ifoda qiladi, so‘ng muammoli savollarni qo‘yadi va javoblarni muhokama qilib, talabalarning bu muammoni yechish usulini izlashga, ya'ni birinchi oraliq xulosani qidirishga undaydi. So‘ngra shu tahlitda yaxlitligicha muammoni yechish va xotima xulosalarni ifodalash bilan tugallanishi lozim bo‘lgan keyingi muammolarning yechilish usulini izlashni tashkil etadi.
Muammoli ta'lim texnologiyasidan nafaqat oily ta'lim, balki umumta'lim maktablarida o‘quvchilarni o‘qitishda ham foydalanilmoqda. Ta'limga muammoli yondashish ta'lim jarayonida yetakchi o‘rinlardan birini egallab, davr talabiga xos mazmun kasb etmoqda.
Muammoli ta'limning zamonaviyligi uning maktab vazifalarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirishdagi bir qator ustunliklari bilan xarakterlanadi.
Pedagogikada boshqarish g‘oyasi programmalashtirilgan ta'limda o‘z aksini topdi, ammo bir qator tadqiqotlarda tasdiqlashicha, ayni muammoli ta'lim o‘quvchilarning bilish faoliyatini oqilona boshqarishning asosini tashkil etadi.
Muammoli ta'limda hozirgi zamon bo‘lajak mutaxassisining shaxsiy sifati uchun zarur bo‘lgan - bilishga qiziqish, ijodiy faollik va muloqat kabi sifatlarni shakllantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi. Shu o‘rinda qisqacha to‘xtalib o‘tish lozimki, muloqat taktikasi muammoli ta'lim negizini tashkil etadi.
Muloqatning asoslangan verbal va noverbal shakllari bo‘lib, verbal muloqot so‘z yordamida o‘zaro munosabatga kirishishni anglash, noverbal muloqot so‘zdan boshqa vositalar, imo-ishora, mimika, tana a'zolari harakati, intonatsiya, tembr, urg‘u va boshqalar yordamida axborot va his-tuyg‘u almashish, shuningdek, ta'sir o‘tkazishni anglatadi. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, odamlar axborot va his- tuyg‘uning taxminan uchdan bir qismini so‘z yordamida, uchdan ikki qismini noverbal vositalar yordamida olishadi. Shuni nazarda tutib tinglovchilarga ta'sir o‘tkazishda noverbal vositalardan o‘rinli va samarali foydalanishga o‘rganish zarur. Muloqatning samarali bo‘lishiga erishishda inson psixikasi uch asosiy qatlamdan iborat ekani va yuqori samaraga erishish uchun har uchala qatlamga ta'sir o‘tkazish zarurligini unutmaslik kerak. Bu qatlamlar quyidagilar:

  1. ong;

  2. ong osti (podsoznanie);

v) motorika
Bu qatlamlarning har biriga alohida ta'sir o‘tkazilganda ham natijaga erishishi mumkin, lekin bu natija yuqori bo‘lmaydi. Yuqori natijaga faqat har uch qatlamga bir paytda ta'sir o‘tkazgandagina erishish mumkin. Demak, o‘qituvchi o‘quvchilarga yangi bilim va axborotlarni yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida, ya'ni muammoli ta'lim muxitini yaratishda muloqatning ham katta ahamiyatini hisobga olmog‘i lozim.
Ijodiy qobiliyat insonning faqatgina tug‘ma xislati bo‘libgina qolmay, uning shakllanishi va rivojlanishi mavjud shart-sharoit va imkoniyatlarga bog‘liqdir.
Psixolog olimlarning ta'kidlashicha, aqliy qobiliyatni faqat fikr yuritish jarayonida rivojlantirish mumkin. Rivojlanish o‘quvchidan boshqalar o‘ylab topgan haqiqatdan shunchaki andaza olish yoki uni o‘zlashtirishgina emas, balki izlanish xususiyatidan mustaqil fikrlash faoliyatini talab qiladi. Demak, rivojlanish o‘quvchining mustaqil faol mehnatining samarasiga boqliq.
Ma'lumki, yangi bilimlar, qoidalar va qonunlarni o‘zlashtirish, asosan ikki usul bilan olib boriladi. Birmchi usul - zarur bo‘lgan bilimlar hajmini qisqa vaqt ichida egallash imkonini beradi (reproduktiv usul). Ikkinchisi usul - eng samarali usul bo‘lib, o‘quvchining aqliy rivojlanishiga katta yordam beradi (produktiv usul), ammo buning uchun ko‘proq vaqt talab qilinadi. Ijodiy xususiyatdagi bu usul o‘quvchilarda mustaxkam chuqur bilim, o‘qishga bo‘lgan jiddiy munosabat, mustaqil ijod qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Insonning har qanday faoliyati, xususan, aqliy faoliyati psixologik tayyorgarliksiz samarali bo‘lmaydi. Buning uchun darsda o‘quvchilarni aqliy faoliyatga tayyorlashda ularda qiziqish, havas va ishtiyoq, istak kabi ruhiy holatlar yaratish lozim. Bularni amalga oshiradigan juda ko‘p vositalar, usul va uslublar mavjud bo‘lib, bunda o‘quvchilarni aqliy mehnatga tayyorlashning metodik sistemalaridan biri bo‘lgan muammoli ta'limning ahamiyati kattadir.
Ko‘pgina muammoli vaziyat amaliy mashq bajarish yoki tegishli masala yechishda vujudga keladi.
Muammoli ta'lim, yangi bilim va ma'lumotlar, misol va masalalar, ta'limiy testlar sistemasidan iborat bo‘lib, ularni hal qilish jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyati shakllana boradi. Muammoli ta'lim so‘z bilan ko‘rgazmaning qo‘shilishidan tarkib topgan metodik sistema hamdir.
Muammoli vaziyat yaratish, muammoni qo‘yish, uni bosqichlarga bo‘lib hal etish, gipoteza qo‘yish, uni isbotlash, tekshirib ko‘rish - bular hammasi muammoli ta'limga xos bo‘lgan boshqarish elementlaridir.
O‘quv muammolarini mustaqil yechish bo‘yicha o‘quvchilarning faoliyatini boshqarishda muammoli vaziyat zanjirini tuzish, muammoli ta'lim jarayonining asl mohiyatidir.
Muammoli darsning mazmuni izlanuvchan faoliyatga xos bo‘lgan bilish harakatining tarkibiga bo‘ysunadi. Muammoli vaziyat bilimlarning o‘zlashtirish jarayonining turli bo‘g‘inlariga qo‘shilib, sistemali izlanish faoliyatini keltirishni ta'minlaydi. Shuning uchun ham muammoli ta'limda zamonaviy o‘qitish prinsiplari va o‘quvchilar bilish kuchining rivojlanishi to‘laroq oshiriladi.
Bunday sistemaning o‘rni ayrim darslarni tashkil etishda o‘quv mavzularida yoki o‘quv jarayonida boshqa usullar bilan uyg‘unlashgan holda bo‘lishi mumkin.
Chizmachilik darslarida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish o‘qituvchi uchun murakkab bo‘lgan vazifalaridan biridir. Kuzatishlarning ko‘rsatishicha ko‘pincha chizmachilik darslarida tashabbus faqat o‘qituvchining tomonida bo‘ladi: o‘qituvchining o‘zi darsning maqsadini qo‘yadi, o‘zi uni yechish yo‘lini ko‘rsatib beradi. Bunday ta'lim sharoitida o‘quvchilarning mustaqil, mantiqiy fikrlashlari uchun imkoniyat yaratilmaydi, ijodiy fikrlashga o‘rin qolmaydi, tashabbus talab etilmaydi. O‘quvchining faoliyati cheklanib qoladi. O‘z- o‘zidan ayonki bunday faoliyat kutilayotgan natijani bermaydi.
Muammoli ta'lim sistemasidagi ketma-ketlik jarayonlari va yo‘nalishlarning tanlanishi o‘quvchilarning mustaqil, erkin faoliyatini yaratadi. Bu faoliyatga erishishda o‘qituvchidan katta ilmiy salohiyat va tajriba talab etiladi.
Chizmachilik fanining o‘ziga xos xususiyatlari shundaki bu fanning o‘qitilishida turlicha yondoshuvning imkoni ko‘pligidir. O‘quvchilarning fazoviy tasavvurini ya'ni, xotira va tasavvur hayolini va grafik tafakkurini rivojlantirish butun kursning asosiy o‘zagini tashkil qiladi.
Davlat standartlari (DSt.) talablari va qoidalari, geometrik yasashlar, parallel proyeksiyalar, aksonometrik proyeksiyalar, texnik rasm, ko‘rinishlar, eskizlar, birikmalar, yig‘ish chizmalar, uzatmalar, sxemalar va qurilish chizmalari, son belgili proyeksiyalar haqida umumiy ma'lumotlar berish - mavzularini o‘tishda yangi bilim va materiallar yo‘nalishi orqali muammo barcha uchun bab-baravar tashlanadi.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin