O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə106/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

Uchburchak va uning turlari
Uchburchaklar, ularning perimetri haqida siz boshlang‘ich sinflarda tanishgansiz. Tekislikda uchta A, B, C nuqtalarni belgilaylik:
B
A C
A, B , C nuqtalarni AB, AC, BC kesmalar yordamida tutashtiramiz. Natijada ABC uchburchak deb ataluvchi shakl hosil bo‘ladi.
Ta’rif. Tekislikning AB, BC, AC kesmalar bilan chegaralangan qismi ABC uchburchak deyiladi va Δ ABC kabi belgilanadi.
A, B va C nuqtalar uchburchakning uchlari deyiladi.AB, BC, AC kesmalar esa uchburchakning tomonlari deyiladi.
Uchburchakning ixtiyoriy bir tomoni qolgan ikki tomoni yig‘indisidan kichik,ammo ular ayirmasidan katta bo‘ladi.
AC-BCAB-BCAB-AC< BC2. Uchburchak turlari.
Uchburchakda uchta burchak bor. Uchburchak burchaklari gradus o‘lchovlarining yig’indisi 180o ga teng.
o
Uchburchak burchaklariga ko‘ra uch xil bo‘ladi:
1. o’tkir burchakli uchburchak,
2. o‘tmas burchakli uchburchak,
3. to‘g‘ri burchakli uchburchak.


Uchburchak tomonlariga ko‘ra uch xil bo‘ladi:
1. teng tomonli (muntazam) uchburchak,
2. teng yonli uchburchak,
3. turli tomonli uchburchak.

Uchburchakning tomonlari



Uchburchakning atalishi

Ko‘rinishi (rasmi)

Uchala tomoni o‘zaro teng:
AB=BC=AC

Teng tomonli (muntazam) uchburchak




Ikkita tomoni o‘zaro teng:
AB=BC

Teng yonli uchburchak




Uchala tomonining uzunliklari har xil:
AB≠BC≠AC

Turli tomonli uchburchak




ABC teng yonli, ya’ni AB=BC bo‘lsa, odatda, AC tomoni uchburchakning asosi deyiladi, Ab va BC tomonlari yon tomonlari deyiladi.
3. Uchburchakning perimetri
Ta’rif. Uchburchakning perimetri deb uning uchala tomoni uzunliklari yig‘indisiga aytiladi. ABC uchburchak perimetri P=AB+BC+AC ga tengdir.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin