portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish
2-Reja:Chizma stollarini talabga mosligi. O‘quvchilarning ish o‘rni derazaga nisbatan shunday joylashishi kerak-ki, bunda tabiiy yorug‘lik chap tomondan tushsin. Chizmachilik kabineti derazasi shimol, shimoli-sharq yoki shimoli-g‘arb tomonga qaragan bo‘lishi tavsiya qilinadi.
5.1-shakl. O ‘quv ish stolining 5.2-shakl. Ikki o ‘rinlik o ‘quvchilar
5.3-shakl. Soddalashtirilgan chizma- chilik va rasm stoli 5.4-shakl. S.I.Dembinskiy tomonidan taklif qilingan chizmachilik stoli Chizmachilik kabinetlari uchun maktab sharoitida ko‘pincha gorizontal qopqoqli plastik bilan qoplangan stol partalar qo‘llaniladi. Bunday hollarda chizma taxtasi va reysshina bilan ishlash uchun qiya taglik o‘rnatish tavsiya qilinadi (5.1- shakl).
Standart maktab partalaridan (5.2-shakl) tashqari ayrim maktab mebeli laboratoriyalar va amaliyotchilar tomonidan qopqog‘i ko‘tariladigan va ma'lum vaziyatlarda o‘rnatiladigan ikki o‘rinlik o‘quvchilar partalari va individual (yog‘ochdan va metalldan tayyorlangan) partalar taklif qilingan (5.3-5.4-shakllar). Bunday stollarning afzalligi ularning qulayligi va o‘quvchilarning alohida o‘tirishida. Buning ustiga bunday stollarning tuzilishi juda sod da bo‘lib, duradgorlik va slesarlik ustaxonalarida tayyorlash ham mumkin. O‘quvchilar uchun chizma taxtalarida ishlashlariga qulay sharoit yaratishda ularning o‘tirgan yoki tikka vaziyatlardagi holatlarning ahamiyati katta.
Chizma taxtasida ishlovchilarning kasallanish ko‘rsatgichlari 5.4-shaklda keltirilgan. (Ройтман И.А. Методика преподавания черчения. - M., 2000. с. 89). O‘quvchilarning ish o‘rni asbob va jihozlarning zarur minimumi bilan ta'minlanishi kеrak. Bularga chizma gotovalnyasi, qalamlar to‘plami, ikkita uchburchaklik (burchaklari 450 va 900 hamda 300,600 va 900), masshtabli chizg‘ich, transportir, izomеtriyada ellips chizish uchun trafaretlar, tekalo, o‘chirg‘ich, skrepka yoki uni o‘rnini bosadigan yopishqoq tenta (skotch) kabilar kiradi.
O‘quvchilarningning diqqatini ikki holga: chizma bajarish uchun qog‘oz va uchburchaklik tanlashga alohida qaratish kеrak. Haqiqiy «vatman»ni hozir topish qiyin va buning ustiga qimmat. «Yаrim vatman» yoki oddiy «chizmachilik qog‘ozi» o‘quv chizmalariga mos kеladi. O‘quvchilarga bir tomoni mayda g‘adir-budir qog‘ozni sotib olmaslikni aytish kеrak. Qog‘ozning bu navi o‘chirg‘ichga chidamsiz bo‘lib, salga uqalanib kеtadi.
5.5-shak.l. Chizma taxtasida ishlovchilarning kasallanish ko‘rsatkichlari
Sotuvdagi yog‘och va plastmassa uchburchaklardan plastmassa uchburchaklar o‘quvchilarga tavsiya qilinmaydi. Chunki plastmassa dielektrik materialligi sababli u qog‘ozga ishqalanishda sirtida o‘ziga chang tortish xususiyatiga ega bo‘lgan statik elektir tokini yig‘adi.
Natijada chizma ifloslanadi. Yog‘och uchburchakliklarni tekshirib ko‘rib sotib olish kerak.
Bu kimgadir mayda-chuyda bo‘lib ko‘ringan tavsiyalar amalda kuzatilishicha o‘quvchilarning ish sifatiga katta ta'sir ko‘rsatadi.
O‘qituvchi sinf doskasini chizma bajarishga moslashtirish va ish o‘rnini tashkil qilinishiga alohida ahamiyat berishi kerak. Uning qismlarini 6-shaklda ko‘rsatilganidek qilib yuvilmaydigan bo‘yoq yoki temir chizg‘ichda chizib chiqish kerak. Bu shrift yozish, eskiz bajarish ketma-ketligi, detall izometrik proektsiyasini bajarish kabilarini ko‘rsatishda qulay. O‘qituvchi uchun zarur barcha anjomlar: sinf chizg‘ichi, ikkita uchburchaklik, bo‘r bilan ishlashga sirkul, transportir, latta kabilar doskaga joylashtiriladi (5.6-shakl).
5.6-shakl. Y. V. Vladimirov tomonidan taklif qilingan chizmachilik kabineti uchun sinf
doskasi Chizmachilik kabineti jihozlariga shuningdek shkaflar, stellajlar, o‘quv jadvallari saqlanadigan qutilar, devoriy gazetalar uchun vitrinalar ham kiradi. Chizmachilik kabinetlarida albatta mavzular bo‘yicha detallar to‘plamlari, elektrlashtirilgan stendlar, ma'lumotnomalar, jadvallar bo‘lishi zarur. Kabinet devorlariga chizma haqidagi sitata, alohida chiroyli jadvallar, maktab uchun nashr qilingan plakatlar komplektidan va o‘quvchilarning eng yaxshi ishlaridan namunalar joylashtiriladi. Kabinet devorlarini ortiqcha tasviriy vositalar bilan to‘ldirib tashlash ham maqsadga muvofiq emas. Bundan tashqari doimiy namoyish qilinadigan eskponantlarga o‘quvchilar ko‘nikib qoladilar va ularni qayta namoyish qilishda ularning diqqatini jalb qilishi qiyin. Shuning uchun bunday qo‘llanmalarni shkafda saqlab, dars mavzusi uchun zarur hollarda ularni namoyish qilish kerak.
Detallarning mavzuli to‘plamlari fikrlash, obrazli tasavvurlarni rivojlanishiga katta yordam ko‘rsatadi. Umuman puxta tayyorlangan o‘quv ko‘rgazmali va didaktik materiallar komplektlari mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilinishi uchun juda katta ahamiyatga ega. O‘quv jarayonida ko‘rgazmali qo‘llanmalarning xarakteri va ahamiyati o‘quvchilarning yoshi, tayyorgarlik darajasi, hayotiy kuzatishlariga ko‘p bog‘liq.
Chizmachilikdan o‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalar quyidagi talablarga javob beradigan qilib tayyorlanishi kerak:
o‘ qituvchining bayoni bilan birgalikda tushuntirilayotgan qonuniyat, qoida, yasash tartibi va hokazolarni tushunishni osonlashtirishi;
o‘quvchilarning ko‘rish xotirasi xususiyatlaridan tejamli foydalanish;
v) fanni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan tasavvurlarining rivojlanishiga ko‘ maklashish;
g) ob'ektiv to‘g‘ri tasvirlash uchun zarur bo‘lgan tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
d) chizmani o‘qish va chizish jarayoni uchun zarur bo‘lgan ob'ektning aniq xususiyatlarini uning mavhum chizmasiga asosan aniqlashga o‘rgatish (osonlashtirish).
O‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmaning ikki xili (yassi qo‘llanmalar - chizma va shakllar, hajmiy qo‘llanmalar - model va detal namunalari)dan har birining o‘z afzallik tomonlari bor.
O‘qituvchi butun dars davomida vaziyatni qo‘lda saqlashi va o‘quvchilar diqqatini jalb qilib turishi kerak. Busiz ta'limning pedagogik maqsadlariga erishish mumkin emas. Shuning uchun yuqorida aytilganidek sinf doskasida doimiy mashq qilib borish o‘qituvchining og‘ir faoliyatidagi muvaffaqiyati garovidir.
Ish muvaffaqiyatini faqatgina yaxshi grafika va sinf doskasida tez chizma bajarishgina hal qilmaydi. O‘qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida chizmaning sinf doskasida joylashishi, ko‘rinishi komponovkasini ham puxta o‘ylab olishi kerak. O‘quvchilarning murakkab detallar bo‘yicha grafik materiallarini yuzaki, rasman o‘zlashtirishlaridan saqlanish uchun sinf doskasida bajariladigan chizmalarini metodik jihatdan to‘g‘ri ketma-ketlikda, bosqichlar bo‘yicha bajarib borish kerak. Doskada ishlash metodikasini o‘quvchilarga ko‘rsatib borishning ahamiyati juda katta. Agar o‘qituvchi doskada chizma bajarish jarayonida gavdasi bilan doskani to‘sib, butun diqqatini chizma bajarishga qaratsa, sinf bilan aloqa uziladi, uni qayta tiklash uchun qo‘shimcha vaqt va o‘qituvchi mahorati talab qilinadi. Buning bilan o‘quvchilarda mavzudan chalg‘ib, dars jarayoniga nisbatan salbiy reaksiya yuzaga keladi.
Chizma bajarishda detal chiziqli o‘lchamlari proportsiyalarini saqlashga (taxminiy bo‘lsa ham) e'tibor qilish kerak. Chizmani og‘zaki tushuntirmasdan bajarish, uning ko‘p qismlarini o‘ quvchilarga tushunarsiz bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘qituvchi chizmachilik asboblaridan, ayniqsa chizg‘ ichdan sinf doskasida ishlashning ratsional usullarini egallaganligining ahamiyati katta.
Asboblar bilan doskada ishlashga o‘rganishning dastlabki bosqichlarida iloji boricha ikkita (chizg‘ ich va burchaklik) asbobdan birgalikda foydalanish tavsiya qilinadi. Sinf sirkulidan doskada foydalanish usullari alohida ahamiyatga ega. Ayrim o‘qituvchilarning chizma asbobisiz doskada ishlashi o‘quvchilarda chizma, eskiz va rasm o‘rtasidagi farqqa e'tibor qilmaslikka sabab bo‘lishi mumkin. Doskada biror texnik detal chizmasini bajarishda qat'iy metodika asosida ishlash kerak. Odatda chizmani asosiy ko‘rinishni chizishdan boshlab, buyum yoki jismlarining proektsiyalari ketma-ket chizib boriladi. Ayrim hollarda chizmani ustdan ko‘rinish tasvirini bajarishdan ham boshlash mumkin. Bu ayniqsa silindrik, konussimon, ba'zan prizmatik yoki piramida sirtlar chizmasini bajarishga tegishlidir.