O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə112/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

O‘qitish vositalari

O‘quv qo‘llanma, proyektor,

O‘qitish shakli

Qo‘llaniladigan metodlardan kelib shiqib guruh yoki guruhshalarga bo‘linadi.

O‘qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalar (kompyuter, proyektor, ekran)dan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan audititoriya.

Monitoring va baholash

Nazorat savollari, kuzatish, og‘zaki nazorat, savol-javobli so‘rov, o‘quv topshiriq.



Amaliy mashg‘ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich
Kirish
(10 min.)

1.1.Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi (1-ilova).

1.1.Eshitadi, yozib oladi

2-bosqich.


Asosiy
(60 min.)

2.1.Talabalarning e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javoblar o‘tkazadi (2-ilova).

2.1.Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarga izoh beradi

2.2.O‘qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda maruzani bayon etishda davom etadi (3-5 ilova).

2.2. Tasvirlar bilan bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi.

2.3.Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishi uchun interaktiv metodlardan foydalanadi (So’z kaliti, Baliq skeleti texnologiyalari) (6-ilova).

2.3.Interaktiv metodlar orqali mavzuni o‘zlashtiradi.

3-bosqich
Yakuniy
(10 min.)

3.1.Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.

3.1.Eshitadi, o‘z fikrlariga aniqlik kiritadi.

3.2.Faol ishtirok etgan talabalar baholanadi.

3.2. Baholash mezoni bilan tanishadi va ball to‘playdi.

3.3. Uyga vazifa: Korsatmalilik tamoyilidan chizmachilik darslarida foydalanishga berilgan ta’riflarni yozib keladi va ma’ruzadagi nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtiradi.

3.3.Topshiriqni yozib oladi.



Korsatmalilik tamoyilidan chizmachilik darslarida foydalanish.(1-ilova)
1.Reja:Dinamik modellar yasash.
Standartlar va chizma bajarish asoslariga tegishli modellarning doimiy ravishda chizmachilik kabinetida yoki koridorlarda joylashtirilishi ularning o‘quvchilar ko‘z o‘ngida bo‘lib, beixtiyor o‘quvchilarning xotirasida saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Yangi mavzularni bayon qilishda “dinamik model”lardan foydalanish ayniqsa yaxshi samara beradi. “Dinamik model”lar odatda biror detalga qirqim yoki kesim beganda, yig‘ish chizmalarini tuzishda qirqilgan holatda yasaladi. Bu o‘qituvchiga chegaralangan vaqt ichida o‘quvchilarda nisbatan katta hajmdagi grafik ma'lumotlarni ko‘rsatish va tushuntirish imkonini beradi. “Dinamik” ko‘rgazmali qo‘llanmalarda turli yasashlarning o‘ziga xos xususiyatlari va mohiyatini, chizmalardagi tasvirlarni o‘qish usullari va ketma-ketligini ochib berish imkoniyati katta dinamik modellar tayyorlash uchun o‘qituvchidan ko‘proq bilim, mavzuni ochib berishga ijodiy yondashish hamda muammoning noan'anaviy yechimini topish ko‘nikmalarini egallagan bo‘lishlik talab qilinadi. O‘qituvchi chizmachilik mavzularini dinamik modellardan foydalanib tushuntirsa, o‘quvchilar uni qiziqib tinglaydilar va oson tushunib, o‘rganilgan material ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
2.Reja:Ko‘rgazmali plakatlar tayyorlash.
Ko‘rgazmali plakatlar rangli qilib, standartga amal qilgan holda, auditoridagi barcha talabalarga ko‘rinadigan, undagi matnlarni o‘qiy oladigan holatda tayyorlanishi kerak. Rang tanlashda o‘ta rang-baranglikdan qochish kerak. Chunki bu o‘quvchining darsdan ko‘zlangan asosiy maqsaddan chalg‘itadi, ba'zan esa charchatadi. Plakatning sarlavhasidagi shriftlar o‘lshamiga e'tibor berish kerak. Ta'rif yoki qoidalar ajraluvchi ranglarda bo‘lishi kerak.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin