O‘qitish shart-sharoitlari
|
Texnik vositalar (kompyuter, proyektor, ekran)dan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan audititoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Nazorat savollari, kuzatish, og‘zaki nazorat, savol-javobli so‘rov, o‘quv topshiriq.
|
Amaliy mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Bosqichlar vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(10 min.)
|
1.1.Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi (1-ilova).
|
1.1.Eshitadi, yozib oladi
|
2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)
|
2.1.Talabalarning e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javoblar o‘tkazadi (2-ilova).
|
2.1.Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarga izoh beradi
|
2.2.O‘qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi (3-5 ilova).
|
2.2. Tasvirlar bilan bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi.
|
2.3.Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishi uchun interaktiv metodlardan foydalanadi (So’z kaliti, Baliq skeleti texnologiyalari) (6-ilova).
|
2.3.Interaktiv metodlar orqali mavzuni o‘zlashtiradi.
|
3-bosqich
Yakuniy
(10 min.)
|
3.1.Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.
|
3.1.Eshitadi, o‘z fikrlariga aniqlik kiritadi.
|
3.2.Faol ishtirok etgan talabalar baholanadi.
|
3.2. Baholash mezoni bilan tanishadi va ball to‘playdi.
|
3.3. Uyga vazifa: Muhandislik grafikasi fanlari darslarida interaktiv metodda muammoli vaziyatlami vujudga keltirish va ma’ruzadagi nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtiradi.
|
3.3.Topshiriqni yozib oladi.
|
Muhandislik grafikasi fanlari darslarida interaktiv metodlarning amaliy tatbiqi. Muhandislik grafikasifanlari darslarida interaktiv metodlar, strategiyalar va organayzerlaming amaliy tatbiqini ishlab chiqish.(1-ilova)
1.Reja:Tuzilgan testlar tahlili va testlar tuzishga tavsiyalar.
Testlardan foydalanish haqida dastlabki ma'lumotlar ingliz olimi J.Fisher «Scolle books» kitobida 1864 yil to‘xtalgan. Shuningdek Amerika olimi R.Reyskir (1884 y.) orfografiyadan bilimlarni teshirish jadvalida, 1887 yili esa nemis olimi G. Ebbingaueni testlarni bo‘sh qoldirilgan matnlarda keltirgan. XIX asrni dastlabki 30 - yillarida uzlashtirishni aniqlash va olgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi testlar Germaniyada, keyinchalik AQShda yaratilib, yanada rivojlangan.
Hozirgi kunda esa bunday testlar Buyuk Britaniya, Skandinaviya, Niderlandiya, Turkiya, AQSh, Germaniya va boshqa davlatlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanib kelinmoqda. Sobiq SSSRda 1963 yilda V. Voskerchyanni test metodidan foydalanish haqidagi maqolasi chiqqan. Predmet testlari mazmuni qanday bo‘lishini V.Bespalko o‘zining «Didakticheskie osnovo programmnogo upravlenie protsessom obuchenie» kitobida yozgan. Bunda u predmet testlarini turlarini yaratgan. Bu testlarning turlari, ushbu test qaysi bosqichdagi bilimlarni tekshirayotganligiga bog‘liq holda bir - biridan farqlanadi. Bunda test yordamida mavjud bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini va ularni ijodiy qo‘llanilishini aniqlash mumkinligi qayd etgan. Chizma geometriya va muxandislik grafikasi yo‘nalishida esa dastlabki testlarni Nizomiy nomidagi TDPU “Chizma geometriya, chizmachilik va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti Ikrom Raxmonov tuzgan. Uning 1994 yil «O‘qituvchi» nashriyotidan chiqqan «Chizmachilikdan test», 1996 yil «Chizma geometriya kursi va texnikaviy grafikadan testlar» kabi kitoblari hozirgi kunda mamlakatimizning barcha oliy o‘quv yurtlarida o‘rganib kelinmoqda.
Testlarni chizmachilik darslariga tadbiq qilishga kelsak, talabalar bilimini tekshirishda, mustahkamlashda, baholash jarayonida qanday testlardan foydalanish qulay va samarali chiqishini o‘ylab ko‘rish lozim. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, birinchi kursga qabul qilingan talabalarning ko‘pchiligi kurs boshida o‘tilgan mavzuga oid savol - javob o‘tkazilganda yoki grafik ish chizganda oddiy geometrik elementlarni noto‘g‘ri ifodalaydilar. Masalan: Shrift o‘lchamlari, qog‘oz bichimlari, o‘lcham belgilaridan radius, diametr yoki qiyalik va konusliklar belgilarini ifodalsh qoidalari va hakozolar. Bu esa chizma sifatini buzilishiga, talaba bahosini pasayib ketishiga sabab bo‘ladi.
Shularni hisobga olib, har bir katta mavzu o‘tib bo‘lingach, shu mavzuni mustahkamlash maqsadida oldingi o‘tilgan mavzular bilan birga qisqa - qisqa test savollarini ishlatish lozim. Lekin qandan test berilishi yuqoridagi muammoni echishga yordam beradi. Kuzatishlar testlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkinligini ko‘rsatdi:
aniq voqeylikni va o‘lcham ko‘rsatish talab qilinadi;
bayon matnini matematik ifoda asosida belgilash;
sxema (grafik, belgi, diagramma) ni izohlash:
• axborotni esda saqlab qolish va qayta tiklashni ta'minlovchi va hakazo.
Dostları ilə paylaş: |