QAROR: Berilgan detal chizmasida qirqimning ko‘rinishni yarimi bilan qirqimni yarimini
birlashtirish turini tatbiq qilish mumkin. Shuningdek, frontal qirqim, ko‘rinishni yarimi bilan
qirqimni yarimini birlashtirish yoki mahalliy qirqimni bajarish turlari o‘z tuzilishidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
o‘rnida detal
“Yozma bahs” metodiining amaliy tatbig'i.
“Yozma bahslar” bo‘yicha talabalarni berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish va munozara madaniyatini shakllantirish mumkin. Asosli fikr yuritish va uni himoya qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Bunda o‘qituvchi baholash uchun asos xizmatini o‘tovchi ajoyib materialga ega bo‘ladi. “Yozma bahs” texnologiyasining sxemasiga asosan guruhdagi 2 ta jamoaning biri, masalan, “Ortogonal proyeksiya” ni, ikkinchisi esa “Aksonometrik proyeksiya”ni himoya qiladi. Bir jamoa “Ortogonal proyeksiyasi” ni himoya qilib, unga asos keltiradi. Ikkinchi jamoa bu asosni inkor qilib, “Aksonometrik proyeksiya”ni ma'qullaydi va unga asos keltiradi (11.3-jadval).
Birinchi jamoa ikkinchi jamoaning asosini inkor qilib o‘z dalilini keltiradi. Bu jarayon yakunida jamoalar o‘zlarining yakuniy fikrlarini beradi. Chizmachilik fani bo‘yicha boshqa mavzularni ham xuddi shunday munozaralar orqali mustahkamlash mumkin. Masalan, ortogonal proyeksiyaning “A” va “E” tizimlaridan birini guruhning 2 jamoasi tanlab olib uni yuqoridagi kabi “Yozma bahs” metodi orqali tahlil qilishi mumkin. Bu talabada mustaqil fikrlash, munozara madaniyati, tahlil qila olish, o‘z fikrini himoya qila olish va ko‘plab fikrlar asosida to‘g‘ri qarorga kela olish kabi xislatlarni shakllantiradi.
Detalning faqat ortogonal proyeksiyani bajarish qulaymi yoki aksonometrik proyeksiyani ?
1- guruh
Ha
Detalni faqat orthogonal proyeksiyasini bajarish maqsadga muvofiq.
Chunki bu Gospar Monj tomonidan ilmiy isbotlangan «Monj sistemasi» hisoblanadi.
2- guruh
Yo‘q
Javob
Ortogonal proyeksiya bajarish samarali holat emas.
Buyuk rus olimi V.I. Kurdyumov aksonometrik proyeksiyalar nazariyasini yaratgan va uni “Parallel perspektiva” deb atagan.
Dalil keltirmoq
Detalning aksonometrik proyeksiyasi uni tasavvur qilish imkoniyatini kengaytiradi.
1- guruh
Yo‘q Javob
Chizmani chizish va o‘qishni bilgan inson uchun aksonometrik proyeksiyani keragi yo‘q.
Dalil keltirmoq
Ortogonal proyeksiyada detalning barcha o‘lchamlari to‘liq keltirib o‘tiladi.
2- guruh
Yo‘q
Javob
O‘lchami keltirilsa ham uni tasavvur qilish o‘quvchiga qiyinchilikni keltirib chiqaradi.
Detalning aksonometrik proyeksiyasiga ham o‘lcham qo‘yish mumkin.
Dalil keltirmoq
Aksonometrik proyeksiyaning bir nechta turi mavjud bo‘lib, detalning tuzilishidan kelib chiqib uni maqsadga muvofig‘ini qo‘llash mumkin.
1- guruh
Yo‘q
Javob
Detalni aksonometrik proyeksiyasini chizish ko‘p vaqtni oladi va uning bazi turlari detalni o‘ziga o‘xshamay qoladi.
Har qanday murakkab detalni to‘liq tasavvur qilish uchun uning asosiy ko‘rinishlari bilan birgalikda mahalliy va qo‘shimcha ko‘rinishlaridan foydalanish mumkin.
Dalil
keltirmoq
Detalning ichki tuzilishini to‘liq tasavvur qilish uchun orthogonal proyeksiyada qirqim va kesim deb ataluvchi shartli tasvirlardan ham samarali foydalaniladi.
2-
guruh
Yo‘q
Javob
O‘quvchilar ayniqsa kesim va qirqim bajarishda ko‘plab tipik xatoliklarga yo‘l qo‘yadi.
Detal aksonometrik proeksiyada ham maqsadga muvofiq qirqimni tatbiq qilish orqali uning ichki tuzilishini o‘rganish mumkin.
Dalil keltirmoq
Aksonometrik proyeksiyaning biror turining o‘qlaridan foydalanib detalning texnik rasmini chizma asboblarisiz ham tezda bajarish mumkin.
1- guruh
Javob Yakuniy fikr
Texnik rasmdan ayrim holatlardagina foydalaniladi.
Barcha mamlakatlarda, shuningdek, bizda ham to‘g‘ri burchakli parallel proyeksiyalashga ya'ni detalning ortogonal proyeksiyasiga asosy chizma va hujjat sifatida qaraladi. Detalni tezroq va to‘liq tasavvur qilish uchun qo‘shimcha tasvir sifatida aksonometrik proyeksiyadan foydalanish ham zarar qilmaydi.
2- guruh
Javob
Yakuniy fikr
Ayrim holatlarda foydalanilsa ham ham samarali hisoblanadi.
Har qanday detal yoki yig‘ma birlikning aksonometrik proyeksiyasini qurishni o‘rganish o‘quvchi va talabada chizmani chizish va o‘qish malakasini hamda fazoviy tasavvurini juda rivojlantiradi. Shuningdek, ishlab chiqarishda, loyihalash ishlarida albatta buyum yoki ob'yektning orthogonal proyeksiyasi eng asosiy o‘rinni egallaydi va unga rasmiy hujjat sifatida qaraladi. Ammo Aksonometrik proyeksiya o‘z qimmatini also yo‘qotmaydi.
“Chaxpalak” metodiining amaliy tatbig‘i.
«Charxpalak» metodi yordamida o‘z-o‘zini baholash.
Topshiriq shatri: 11.4-jadvalda keltirilgan mavzular ichidan proyeksion chizmachilik bo‘limiga taalluqli mavzularni belgilang
11.4-jadval