O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


Muhandislik grafikasi fanlari bo’yicha o’quvchilar bilimini tekshirish usullari. Muhandislik grafikasi darslarida an’anaviy ta’lim texnologiyasidan foydalanish



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə151/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

Muhandislik grafikasi fanlari bo’yicha o’quvchilar bilimini tekshirish usullari. Muhandislik grafikasi darslarida an’anaviy ta’lim texnologiyasidan foydalanish.(1-ilova)
1.Reja:Interfaol metodlar mazmuni.
Milliy dasturni amalga oshirishning 3-bosqichida to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish vazifalari belgilandi. Shu bilan birga dasturda ushbu bosqichda “Ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi, o‘quv-tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta'minlanadi”1 deb ko‘rsatildi. Shundan
kelib chiqib, oliy ta'lim tizimida ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalar keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Pedagogik texnologiya - bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘quvchi
(talaba)larga o‘qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta'sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya.
Ko‘pgina mamlakatlar pedagogik texnologiyadan foydalanib, ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirishda, o‘quvchilar o‘zlashtirishini oshirishda sezilarli yutuqlarga erishmoqdalar.
Har qanday fan o‘qituvchisi nafaqat o‘zi dars beradigan fandan yetuk mutaxassis bo‘lishi, balki uni qanday o‘qitish yuzasidan ham metodik bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi lozim. Bunda o‘qituvchi bugungi kunda o‘qitishda foydalanilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlarning mazmun-mohiyatini, ulardan darslarda o‘rinli va samarali foydalanishni o‘zlashtirgan bo‘lishi talab etiladi.
Pedagog avvalo, metodika, metod, usul, uslub, pedagogik texnologiya, interfaol metod kabi terminlarning mohiyatini bilishi kerak bo‘ladi.
Metodika - yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig‘indisi. O‘qitish usullari haqidagi ta'limot.
Metod - yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli2.
Usul - arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, asosiy qoidalar, qonunlar, qabul qilingan tartib degan ma'nolarni beradi. Binchidan biror narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo‘li, harakat tarzi, xili, tartibi, yo‘l. Ikkinchidan, biror ish, mashg‘ulot kabilarga xos bo‘lgan, unda qo‘llanuvchi asosiy xatti-harakat, yo‘l.
Uslub - arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, tartib, tartib-usul, usul, yo‘sin, shakl degan ma'nolarni beradi3.
Interfaol ta'lim (inglizcha- “interact”, ruscha - “interaktiv”; “inter” - o‘zaro, “act” - harakat qilmoq) - o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta'lim.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin