1. Keys (muammo)ning bayoni. Ikki tekislikning o‘zaro kesishgan chizig‘ini aniqlash, yoki to‘g‘ri chiziqni tekislik bilan kesishgan nuqtasini aniqlash pozitsion masala hisoblanadi. Bu masalalarni yyechish nazariyasi (algoritmi)dan buyumning soyalarini bajarishda, ikki sirtning kesishish chizig‘ini aniqlashda keng foydalaniladi. Ya'ni bu masalalar tayanch pozitsion masala hisoblanadi. Biroq ushbu masalalarni yyechishda buyumning ko‘rinar-ko‘rinmas qismlarini aniqlash va chizmada uni to‘g‘ri tasvirlash uchun kishidan kuchli fazoviy tasavvur talab qilinadi. Ayniqsa, markaziy proyeksiyalash (perspektiva)da bunday muammoni hal qilish ortogonal proyeksiyaga nisbatan biroz mushkulroq.
1- rasm
2. Keys topshirig‘i.Perspektivada 1-chizmada berilgan Q va N tekisliklarning o‘zaro kesishgan chizig‘i va ularda joylashgan tekis shakllarning ko‘rinar-ko‘rinmas qismlari qanday aniqlanadi?
Foydalanish uchun manbalar. Sh.Murodov va boshqalar. Chizma
geometriya kursi. -T.: “O‘qituvchi”, 1988.
P.Adilov. Perspektivada pozitsion va metrik masalalar yyechish. -T.: “TDPU rizografi”, 1999.
A.Valiyev. Perspektiva. -T.: “Voris-
nashriyot”, 2012.
A.Valiyev. Markaziy proyeksiyalashda pozitsion va metrik masalalar yyechish. -T.: “TDPU rizografi”, 2006.
4. Talabalar uchun metodik ko‘rsatmalar.Bunday masalalarni ortogonal proyeksiyada yyechishda raqobatlashuvchi nuqtalardan foydalaniladi.
Kuzatuvchiga nisbatan yaqinda joylashgan geometrik shakllarning perspektivasi ushbu shakl (to‘g‘ri chiziq yoki tekislik)ning kartina iziga yaqin joylashishini hisobga oling.
Kuzatuvchiga nisbatan uzoqda joylashgan geometrik shakllarning perspektivasi ushbu shakl (to‘g‘ri chiziq yoki tekislik)ning tushish nuqtasi yoki tushish chizig‘iga yaqin joylashishini hisobga oling.