O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


Muhandislik grafikasi fanlarini o’qitishda Keys-stady texnologiyasidan foydalanish



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə158/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

Muhandislik grafikasi fanlarini o’qitishda Keys-stady texnologiyasidan foydalanish.(1-ilova)
1.Reja: Keys-stady texnologiyasidan foydalanish.
Chizma geometriya fanini o‘qitish orqali nafaqat buyumning chizmasini tuzish va uni o‘qishning nazariy asoslari o‘rganiladi, balki talabalarning fazoviy tasavvuri va tafakkuri rivojlantiriladi. Talabalar fazodan tekis chizmaga va aksincha, tekis chizmadan fazoga ko‘cha olishi ta'minlanadi. Bundan tashqari turli geometrik shakl va sirtlarning o‘zaro munosabatlarini tekshirishga qaratilgan pozitsion va metrik masalalarni yyechish ham o‘rganiladi. Bu bilim keyinchalik loyihalash yoki restovratsiya ishlarida kerak bo‘ladi.
Albatta bunday bilimni egallash o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Buning uchun avvalo professor-o‘qituvchi kuchli bilimdon, metodist va talabalarni mustaqil ishlashga yo‘naltiruvchi bo‘lishi kerak.
Hozirgi kunda yosh avlodaga ta'lim va tarbiya berishda turli pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanilmoqda. Talabalarga beriladigan barcha topshiriq, mashq va vazifalar mavjud davlat ta'lim standartlariga mos kelishi, talabalarga bilim, ko‘nikma va malakalarini to‘laqonli namoyish qila olish imkoniyatini yaratishi zarur. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘qituvchilar talabalarni asta-sekin mas'uliyatdan ozod qilish orqali mustaqil ta'lim olishga rag‘bat bildiradigan shaxs bo‘lishlariga erisha olishlari lozim (Fisher, Frey, 2008 y.)4.
Markaziy proyeksiyalash usulida pozitsion va metrik masalalar yyechishni talabalarga o‘rgatishda ham talabani mustaqil fikrlashga, mavjud muammoni mustaqil hal qilishga yo‘naltirish uchun “Case-study” uslubidan foydalanish mumkin.
Keys uslubi (inglizcha Case method - keysuslub, Case-study - keys-stadi, aniq vaziyat uslubi, vaziyatli tahlil uslubi) - real iqtisodiy, ijtimoiy va biznes- vaziyatlarning tavsiflaridan foydalangan holda o‘quvchilarda aniq ko‘nikmalarni shakllantirish texnikasidir. “Case-study” uslubining maqsadi - talabalar guruhining umumlashgan kuchi bilan ishning aniq holatidan kelib chiqadigan vaziyatni, ya'ni aniq ish jarayonida namoyon bo‘ladigan “Case”ni tahlil qilish, amaliy yechimlarini ishlab chiqish va ularni taqdimot etishdan iborat5.
Bu uslubning mohiyatidan kelib chiqqan holda perspektiva (markaziy proyeksiyalash)da pozitsion va metrik masalalarni yyechishda ba'zi masalalar yechim jarayonini talabalar oldiga muammo sifatida qo‘yib, uning yechimini mustaqil aniqlashga jalb qilish mumkin. Quyida bitta pozitsion masalani yyechish uchun tuzilgan keys mazmuni bayon qilingan.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin