O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


-KEYS Keys (muammo)ning bayoni



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə162/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

2-KEYS

  1. Keys (muammo)ning bayoni

Silindrik tishli g‘ildirak ishchi chizmasini chizishda modul, tish kallagi, tish oyog‘i, bo‘luvchi aylana, cho‘qqilar aylanasi, botiqlar aylanasi diametrlari kabi parametrik formula va terminlarga duch kelinadi. Biroq ularning o‘zaro bog‘liqlik darajasiga ilmiy nuqtayi nazardan e'tibor berilmaydi. O‘quvchi, talaba va hattoki yosh o‘qituvchilarning ba'zilari formulani yod olish bilan chegaralanib qoladi. Aslida mantiqiy bog‘liqlikda ushbu formulalarni biridan ikkinchisini keltirib chiqarish yoki eng kamida ularning o‘zaro bog‘liq jihatlarini bilganholda formulani esga tushirish imkoniyati mavjud. Ushbu parametrik formulalarni o‘zlashtirish jarayonida induktiv va deduktiv xulosalar chiqarish ko‘nikmasiga erishish mumkin. Demak, induktiv xulosa chiqara olish uchun bir nechta formuladan uning har biri uchun bog‘liq bo‘lgan elementlar aniqlanadi. Yoki aksincha, har bir formuladan ular uchun umumiy bo‘lgan element aniqlanadi.

  1. Keys savoli

Sizningcha silindrik tishli g‘ildirak ishchi chizmasini chizishda modul, tish kallagi, tish oyog‘i, bo‘luvchi aylana, cho‘qqilar aylanasi, botiqlar aylanasi diametrlari kabi parametrik formula va terminlarning o‘zaro bog‘liqligini nimalarda deb hisoblaysiz?

  1. Foydalanish uchun manbalar

  1. ЕСКД. Общие правила выпольнения чертежей. -М.: “Стандарты”,

1970, 1981, 1991.

  1. Raxmonov I., Qirg‘izboyeva N., Ashirboyev A., Valiyev A., Nigmanov

B. Chizmachilik. -T.: “Voris-nashriyot”, 2016-456 b.

  1. Raxmonov I., Abduraxmonov A. Chizmachilikdan ma'lumotnoma. - T.: “A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi”, 2005-310 b.

  2. Abduraxmonov A. Chizmachilikdan grafik topshiriqlar tizimi. -T.: “Cho‘lpon”, 2005.

  3. To‘xtayev A., Abramyan Y. Mashinasozlik chizmachiligidan ma'lumotnoma, -T.: “ILM ZIYO”, 2010-262 bet.

  4. Qirg‘izboev Yu. va boshqalar. Mashinasozlik chizmachiligi. -T.: “O‘qituvchi”, 1981-351 b.

  5. Vishnepolskiy I.S., Vishnepolskiy V.I. (E.Sobitov tarjimasi). Chizmachilik, -T.:, “O‘qituvchi”, 1990.

  6. Rajabova Sh. Uzatmalar mavzusini o‘qitish jarayonida talabalarning grafik savodxonligini rivojlantirish (bitiruv malakaviy ish, ilmiy rahbar: dotsent A.N.Valiyev). -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.

  1. Talabalar uchun metodik ko‘rsatmalar

Har bir formulaning kelib chiqishini ilmiy tomondan tahlil qilish lozim. Shundagina uni boshqa formulalarga tayanilganligini va asosini anglash mumkin bo‘ladi.

  1. Keysni yyechish jarayoni

Talabalar bajaradi.

  1. O‘qituvchi (keysolog)ning yechimi ( 1 -chizma)

  1. Silindrik tishli g‘ildirakning modul - m harfi bilan belgilanadi va uning parametrik formulasi: m=P/n ga teng. Bu yerda Pt - tish qadam, n - o‘zgarmas qiymat (n=3,14).

  2. Tish kallagi ha=m, tish oyog‘i hf=1,2m. Umumiy holatda h=ha+hf = =m+1,2m=2,2m. Demak tish balandligi tish kallagi va o‘yog‘ining yig‘indisiga teng ekan.

  3. Bo‘luvchi aylana diametrining parametrik formulasi: d=m*z ga teng. Bu yerda z - g‘ildirakning tishlari soni. Formuladan ko‘rinib turibdiki, modul - tishli g‘ildirakning bir tishiga bo‘luvchi aylananing qancha miqdori to‘g‘ri kelishini ifodalovchi son ekan.

Cho‘qqilar aylanasi diametrining parametrik formulasi: da=d+2ha ga teng.

  1. Keys (muammo)ning bayoni

Tishli uzatmalarning silindr tishli, konus tishli, chervyakli, reykali turlari mavjud. Shulardan biri silindrik tishli uzatma mavjud bo‘lib, uning ishchi chizmasini chizishda turli parametrik formulalardan foydalaniladi. Chunki bunday uzatmalarning tarkibidagi g‘ ildirak va shesternyaning chizmasini bajarish uchun faqat uning m - moduli va z - tishlar soni qiymatlari beriladi xolos. G‘ildirak va shesternyaning qolgan o‘lchamlari turli formulalar orqali aniqlanadi. Ammo bu formulalar g‘ildirak va shesternyaning geometrik yasashlar orqali aniqlanishiga mos va konstruktiv tuzilishiga mos keladigan jihatlari bilan ajralib turadi. Ya'ni bevosita g‘ildirak va shesternyaning tuzilishi (konstruksiyasi)dagi o‘lchamlarini aniqlovchi yoki turli yasashlarga bog‘liq bo‘lgan o‘lchamlari nazarda tutiladi.

  1. Keys vazifasi

Silindrik tishli uzatmaning ishchi chizmasini hosil qilishda qo‘llaniladigan parametrik formulalarni geometrik va konstruktiv parametrlarga ajratib bering.

  1. Foydalanish uchun manbalar

  1. ЕСКД. Общие правила выпольнения чертежей. -М.: “Стандарты”,

1970, 1981, 1991.

  1. Raxmonov I., Qirg‘izboyeva N., Ashirboyev A., Valiyev A., Nigmanov

B. Chizmachilik. -T.: “Voris-nashriyot”, 2016-456 b.

  1. Raxmonov I., Abduraxmonov A. Chizmachilikdan ma'lumotnoma. - T.: “A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi”, 2005-310 b.

  2. Abduraxmonov A. Chizmachilikdan grafik topshiriqlar tizimi. -T.: “Cho‘lpon”, 2005.

  3. To‘xtayev A., Abramyan Y. Mashinasozlik chizmachiligidan ma'lumotnoma, -T.: “ILM ZIYO”, 2010-262 bet.

  4. Qirg‘izboev Yu. va boshqalar. Mashinasozlik chizmachiligi. -T.: “O‘qituvchi”, 1981-351 b.

  5. Vishnepolskiy I.S., Vishnepolskiy V.I. (E.Sobitov tarjimasi). Chizmachilik, -T.:, “O‘qituvchi”, 1990.

  6. Rajabova Sh. Uzatmalar mavzusini o‘qitish jarayonida talabalarning grafik savodxonligini rivojlantirish (bitiruv malakaviy ish, ilmiy rahbar: dotsent A.N.Valiyev). -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.

  1. Talabalar uchun metodik ko‘rsatmalar

Har bir formulaning geometrik yoki konstruktiv xususiyaga ega ekanligini ajrata olish lozim. Buning uchun buyumning geometriyasi va konstruksiyasini farqlab olish kerak bo‘ladi. Masalan chizmachilik fanida “Detalni geometrik va konstruktiv jihatdan tahlil qilish” mavzusi mavjud. Agar biror detal geometrik jihatdan tahlil qilinsa uning tarkibidagi qismlari geometrik sirtlar sifatida alohida- alohida o‘rganiladi: silindr, konus, prizma, yarim silindr, kersik konus va boshqalar. Agar shu detal konstruktiv jihatdan tahlil qilinsa uning tarqkibidagi qismlari bajaradigan vazifasi sifatida alohida-alohida o‘rganiladi: qovurg‘a, paz, faska, rezba, shlitsa va boshqalar.
Silindr tishli uzatmadagi g‘ildirak va shesternyaning parametrik formulalarini geometrik va konstruktiv qismlarga ajratishda ham yuqoridagi metodik tavsiyaga amal qilinsa foydadan holi bo‘lmaydi.

  1. Keysni yyechish jarayoni

Talabalar bajaradi.

  1. O‘qituvchi (keysolog)ning yechimi (1-jadval)

  1. Silindr tishli g‘ildirakning geometrik va konstruktiv parametrlari quyidagi jadval ajratib ko‘rsatilgan.

Geometrik porametrlar

Shesternya

G'ildirak

Bo'luvchi aylana diametri

di=mzi

dz=mzz

Tish cho'qqilari balandligi

ha=m

ha-m

Tish botiqlari balandligi

hf=l,25m

hf=l,25m

Tish balandligi

h=2,25m

h=2,25m

Cho'qqilar aylanasi diametri

da} -m(z1+2)

da2-m(z2+2)

Botiqlar aylanasi diametri


Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin