O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə164/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

1. Tasmali uzatmalar. Tasmali uzatmaning afzalligi quyidagilardan iborat: uzoq masofaga (15metrgacha) aylanma harakatni uzatish imkoniyatiga ega; tuzilishi oddiy; shovqinsiz ishlaydi; xizmat ko‘rsatish oson. Tasmali uzatmalarning kamchiliklari quyidagilardan iborat: qo‘pol beso‘naqay; tezyurar mexanizmlarda uzoq ishlamaydi; tasmali shkivlarga sezilarsiz ishqalanishi tufayli uzatishlar nisbatini bir xil saqlash imkoniyati yo‘q, val va podshipniklarga katta kuch tushadi.

  1. Friksion uzatmalar. Friksion uzatmalar bir qancha afzalliklarga ega, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: oddiy va shovqinsiz ishlaydi; g‘altaklar bir me'yorda aylanadi; tezlikni boshqarish mumkin, g‘altaklar bahosi qimmat turmaydi. Shular bilan bir qatorda friksion uzatmalar quyidagi kamchiliklarga ega: val va podshipniklarda sezilarli darajada kuch tushadi; g‘altaklarning ishchi yuzalari notekis yeyiladi.

  2. Tishli uzatmalar. Tishli uzatmalar bir qancha afzalliklarga ega, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: aylanma harakatni bir maromda uzatilishi; Novikov ilashmasida tishlarning kam darajada yeyilishi va uzoq muddat xizmat qilishi; og‘ir kuchlanishli holatlarda ham ishlay olishi; chervyakli ilashmada chervyak uzatish sonini 40-50 ta bo‘lganda ham ravon ilashmaga ega bo‘lishi. Shular bilan bir qatorda tishli uzatmalar quyidagi kamchiliklarga ega: ezilish kuchlanishi ta'sirida tishlar yon sirtining uvalanib ketishi; silindr va konus tishli g‘ildiraklarning uzatish soni 6-10tadan oshmasligi.

  3. Zanjirli uzatmalar. Zanjirli uzatmalar quyidagi afzalliklarga ega: o‘qlar orasidagi masofa katta bo‘lganda ham harakatni uzata olishi; valga tasmali uzatmaga nisbatan kam kuch tushishi; bir zanjir bilan bir nechta yulduzchalarga (vallarga) aylanma harakat berib mumkinligi. Shular bilan bir qatorda zanjirli uzatmalar quyidagi kamchiliklarga ega: ish paytida shovqin chiqadi; montaj qilishda va ishlatishda e‘tiborni talab qiladi; zanjirni sozlash va o‘z vaqtida moylash zarur; zanjir sharnirlari tez yeyiladi; qimmat turadi va hokazo.

Xulosa. Uzatmalarning turlari ko‘p va ulardan o‘z o‘rnida foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Uzatmaning yutug‘i undan foydalanish imkoniyatini bersa, kamchiligi esa undan foydalanmaslikni yoki qulay turidan foydalanishni belgilab beradi. Demak, foydalanuvchi har bir uzatmaning vazifasi, yutug‘i va kamchiligini bilishi va ulardan o‘z o‘rnida foydalanishi lozim.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin