Ko‘rgazmalilik. Ko‘rgazmalilik tamoyili boshqa fanlarni o‘qitishdagi kabi Chizmachilikni o‘qitish jarayonida ham asosiy va muhim hisoblanadi. Ushbu tamoyil qadim zamonlardan beri qo‘llanib kelinayotgan mashhur o‘qitish tamoyillaridan biridir. Ushbu tamoyil shunday zaruratni keltirib chiqaradiki, unga ko‘ra o‘quvchilar miyasida hosil bo‘ladigan tasavvur va tushunchalar bevosita o‘rganilayotgan predmet, masalan, komp'yuterdan olinadigan idrokiga asoslangan bo‘lishi lozim.
O‘qituvhining bayoni, uning tushuntirishi aniq, ravshan obrazlarni o‘z ichiga olishi, o‘rganilayotgan savollarning mohiyatini ko‘rgazmali tasvirlovchi ishonchli misollar bilan mustahkamlab borilishi kerak.
Masala yechishda, takrorlashda, o‘quvchilardan so‘rashda, xullas, barcha hollarda to‘la ko‘rgazmalilik bo‘lishi lozim. Komp'yuterdagi rasmlar bilan bir qatorda o‘qitishda ko‘rgazmalilik jadvallar, sxemalar, fil'mlar, mul'timediali videoproektorlar orqali namoyish etiladi. Ta`limning ko‘rgazmaliligi- mavhum tushunchalarni egallashda bilish uchun asos hisoblanadi. Bu yerda «ko‘rgazmalilik» tushunchasi buyumlar (masalan, mashina detallari va boshqalar)ning bevosita o‘zlari emas, balki ularning grafik tasvirlari bilan bog‘liqligini qayd qilish zarur. Har qanday tasvir, chizma buyumni his qiladigan ko‘rish organlarimiz orqali fahmlanadi. Shuning uchun ko‘rgazmalilik inson miyasida chizmada ob'ekt belgilarini modellashtirish natijasida hosil bo‘ladigan ko‘rinish obrazi deb qabul qilinadi.
Bu tamoyil o‘quvchilar materialni yaxshi o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi. Y.A.Komenskiy ta'limda barcha sezgi organlariga tayanish lozimligini ta'kidlangan: ko‘rinadiganini - ko‘rish, eshitiladiganini - eshitish, hid taratayotganini - hidlash, his qilish mumkin bo‘lganini - his qilish.
Hozirgi sharoitda chizmachilik darslarida bu tamoyil faqatgina jadval, plakat, dinamik qo‘llanmalar, modellar, detallar, uzellar kabilar emas balki qo‘shimcha ravishda ko‘p sonli audiovizual vositalar (turli proeksion - apparatlar, kino, televedeniya) hamda EHM (displeylar, grafyasagichlar)dan keng foydalanib qo‘llanilmoqda. Chizmachilikda ko‘rgazmalilikdan foydalanish meyorida asoslan-gan bo‘lib, o‘quvchilarda fazoviy tasavvur va fazoviy obrazli fikrlashning rivojlanishiga zarur yetkazmasligi kerak.